“Yaldo kechasi” taqdimoti — ma’naviyat va kitobxonlikka chorlov
2026-04-15 10:00:00 / Yangiliklar

Asarda millat tarixi, bugungi muammolar va kelajak mas’uliyati uzviy yoritilib, yilning eng uzun tuni — zulmat va og‘ir sinovlar timsoli sifatida qatag‘on davri bilan qiyoslanadi. Muallif tarixiy voqealarni zamonaviy hayot bilan uyg‘un holda talqin etib, jamiyatni ogohlik va hushyorlikka chorlaydi.
Mazkur asar tarixiy xotira va zamonaviy tafakkurni uyg‘unlashtirgan, o‘quvchini chuqur mushohada va mustaqil fikrlashga undovchi dolzarb badiiy asar sifatida e’tirof etildi.
Shuningdek, tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarorining mazmun-mohiyati keng yoritildi. Davra suhbatida ona tilining sofligini asrash, uning boyligi va jozibasini saqlash, nutq madaniyatini yuksaltirish hamda kitobxonlikni keng targ‘ib etish masalalari muhokama qilindi.


