Ochiq ma'lumotlar (PF-6247)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini, axborot olish erkinligini taʼminlash orqali jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
1. Barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan Hisob palatasi, Markaziy bank, sud va prokuratura organlari hamda ularning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalari (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va tashkilotlari) tomonidan Ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Adliya vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda tahlillar asosida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar roʻyxatini yanada kengaytirish boʻyicha doimiy ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritib borsin.
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari:
a) har yili:
1-martga qadar oʻz faoliyatiga oid hisobotni (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun moʻljallangan maʼlumotlar bundan mustasno) rasmiy veb-saytlariga joylashtirib, 10-martga qadar uni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish joyi va vaqti haqida xabar beradi;
1-aprelga qadar oʻz faoliyatiga oid hisobotni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish uchun matbuot anjumanlarini oʻtkazadi;
b) 2021-yil 1-iyuldan boshlab quyidagilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portaliga (keyingi oʻrinlarda — Portal) va oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtirib, ularni har chorakda yangilab boradi:
amalga oshirilgan davlat xaridlari, shu jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar);
mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari (xizmat safarining yoki tashrifning maqsadi, sutkalik pul, transport va yashash bilan bogʻliq xarajatlar, bundan davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun moʻljallangan maʼlumotlar mustasno);
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar, shu jumladan individual imtiyozlar berilgan subyektlarning benefitsiarlari (yakuniy manfaatdor jismoniy shaxslari), ular tomonidan toʻlangan soliqlar va moliyaviy koʻrsatkichlar;
oʻzlarining yillik xarajatlar smetasi va uning ijrosi, shu jumladan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlari, avtomototransport vositalarini sotib olish xarajatlari;
v) 2021-yil 1-iyuldan boshlab oʻz huzurida faoliyat yurituvchi jamoatchilik kengashlari bilan birgalikda rasmiy veb-saytlarida quyidagi maʼlumotlarni joylashtirib, ularning har chorakda yangilanib borilishini taʼminlaydi:
jamoatchilik kengashining tasdiqlangan aʼzolari haqidagi maʼlumotlar bilan bir qatorda ularning aloqa maʼlumotlari (telefon, pochta va elektron manzillari);
jamoatchilik kengashining yigʻilishlari va kun tartibidagi masalalar;
davlat xaridlarini amalga oshiruvchi komissiyaning tasdiqlangan aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi va egallab turgan lavozimi);
litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishga vakolatli hamda xabarnomalarni qabul qiladigan organlarning hududlar kesimida masʼul xodimlari, shu jumladan ushbu toifadagi hujjatlarni berishni tashkillashtiradigan tegishli komissiya aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi va otasining ismi, egallab turgan lavozimi).
3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Davlat test markazining quyidagi imtihonlarni oʻtkazish jarayonini Internet tarmogʻida jonli efirga uzatish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish uchun test va ijodiy (kasbiy) imtihonlar;
oliy taʼlim muassasalarining magistratura (klinik ordinatura) bosqichiga qabul imtihonlari;
respublikadagi yoki xorijdagi oliy taʼlim muassasasidan respublikadagi davlat oliy taʼlim muassasasiga oʻqishni koʻchirish istagini bildirgan talabalardan olinadigan imtihonlar;
xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olishda talabgorlardan olinadigan test sinovlari.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Davlat test markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarni jalb qilgan holda 2021/2022 oʻquv yili qabuliga qadar “transfer.edu.uz” platformasi negizida mazkur bandda koʻrsatilgan imtihon jarayonlarini Internet tarmogʻida jonli efirga uzatishni taʼminlaydigan, barcha foydalanuvchilar uchun ochiq boʻlgan “imtihon.uz” veb-platformasini ishga tushirsin;
bir oy muddatda imtihonlarni (test sinovlarini) oʻtkazish jarayonini Internet tarmogʻida jonli efirga uzatish boʻyicha texnik talablarni (oʻrnatiladigan videokameralar va tasvir sifati, joylashish sxemasi va boshqalar) ishlab chiqsin;
mazkur bandda koʻrsatib oʻtilgan talablarga rioya qilmaydigan masʼullarga nisbatan qatʼiy javobgarlik choralarini koʻrish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Hukumatga kiritib borsin.
4. Quyidagilar 2021-yil 1-iyuldan boshlab qayd etilgan maʼlumotlarni Portalga joylashtirish va ularning har chorakda yangilanishini taʼminlasin:
Hisob palatasi, Moliya vazirligi, nazorat qiluvchi organlar — davlat siri boʻlgan maʼlumotlarning yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirning muhofaza qilinishini taʼminlagan holda oʻtkazilgan har bir taftish va tekshiruv (nazorat obyekti nomi, taftish yoki tekshiruvning maqsadi va muddatlari, uni oʻtkazgan davlat xizmatchisining lavozimi, familiyasi, ismi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (tegishli nazorat qiluvchi organning rahbarini xabardor etgandan soʻng);
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar hamda davlat unitar korxonalari (keyingi oʻrinlarda — davlat ishtirokidagi korxonalar) roʻyxatini (davlat nomidan aksiyador (ishtirokchi, mulkdor) funksiyalarini amalga oshirayotgan tashkilot, korxona hududi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, davlat ulushi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda), shuningdek, ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar roʻyxatini;
Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — oʻzlari aksiyador (ishtirokchi, mulkdor) funksiyalarini bajaruvchi davlat ishtirokidagi korxonalarning ijroiya organi (direktor, boshqaruv raisi, boshqaruv aʼzolari) va kuzatuv kengashi aʼzolarining ismi va familiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Davlat soliq qoʻmitasi — davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan yil (chorak) yakuni boʻyicha toʻlangan dividendlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Moliya vazirligi — davlat ishtirokidagi korxonalarga sarflangan Davlat budjeti mablagʻlari, tegishlicha xorijdan jalb etilgan mablagʻlar, shu jumladan davlat tashqi qarzi summalari hamda ularning sarflanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — davlat muassasalari roʻyxatini (tashkil topgan sanasi, yuqori turuvchi organ) hamda xususiylashtirilgan davlat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (davlat sirini tashkil etuvchi maxfiy vazifa yuklatilgan davlat korxonalari va muassasalari bundan mustasno).
5. Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-sentabrga qadar Portalning davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portali bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
6. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi 2021-yil 1-avgustga qadar doimiy ravishda yangilab turiladigan Ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari toʻgʻrisidagi axborot bazasini Qoʻmitaning rasmiy veb-saytida va Portalda ishga tushirsin.
Bunda, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 36-moddasida koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan bir qatorda quyidagi maʼlumotlar mazkur axborot bazasida aks ettirilishini taʼminlasin:
ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish toʻgʻrisidagi tuzilgan barcha shartnomalar, ovchilik xoʻjaligini yuritish huquqi tugatilgan holatlar hamda undirilgan haq miqdorlari;
yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnoma berilgan barcha shaxslar va ruxsatnomadagi maʼlumotlar hamda undirilgan haq miqdorlari;
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan ajratib olishga doir berilgan barcha ruxsatnomalar va ulardagi maʼlumotlar hamda undirilgan haq miqdorlari;
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining oʻrmon-ovchilik xoʻjaliklari tomonidan berilgan ovchilik yoʻllanmalari (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasi) hamda undirilgan haq miqdorlari.
7. Agentlikning davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash borasidagi vazifalarini belgilash maqsadida:
a) Agentlik zimmasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash sohasini muvofiqlashtirish va doimiy monitoring qilish, shu jumladan ularning normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan maʼlumotlarni Internet tarmogʻiga joylashtirish (eʼlon qilish) boʻyicha majburiyatlari hisobini yuritish;
davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan ommaviy axborot vositalari orqali samarali jamoatchilik nazoratini oʻrnatish boʻyicha choralarning ishlab chiqilishi va joriy etilishiga koʻmaklashish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlaridan kelib chiquvchi davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligiga oid dolzarb masalalarni “Mening fikrim” veb-portali orqali umumxalq muhokamasiga chiqarish;
Ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar roʻyxatini uzluksiz toʻldirish, takomillashtirib borish va yangilab borish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishga koʻmaklashish;
ommaviy axborot vositalari orqali davlat organlari va tashkilotlari xizmatchilariga “davlat organlari faoliyati ochiqligi, shaffofligi va hisobdorligi” madaniyatini singdirish hamda davlat organlari va mansabdor shaxslar xalq oldida hisobdorligini taʼminlash muhimligi toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish;
b) Agentlik tuzilmasida boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlash boshqarmasi tashkil etilsin;
v) Agentlik:
davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan talablarni muntazam ravishda buzayotgan aybdor mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin;
har yili faoliyat yoʻnalishi boʻyicha erishgan asosiy yutuqlar hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida uchrayotgan kamchiliklar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot tayyorlasin va oʻz rasmiy veb-sayti orqali eʼlon qilib borsin;
“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonun amalga oshirilishi ustidan nazoratni, shuningdek, Jahon odil sudlov loyihasining “Hukumatning ochiqligi” indikatori boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilashga oid kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
8. Davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmatlari hamda murojaatlar bilan ishlash boʻlinmalariga mazkur organlarda ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlarining ijro etilishini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
9. Davlat xavfsizlik xizmati Adliya vazirligi, Agentlik hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi qonun loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin:
cheklab qoʻyilgan axborotlar roʻyxati, undan foydalanish va maʼlumotlarni bunday axborotlar jumlasiga kiritish hamda chiqarish asoslari, muddatlari va tartibi;
cheklab qoʻyilgan axborotlar roʻyxatiga kirmaydigan maʼlumotlarni maxfiylashtirishni taqiqlash;
cheklab qoʻyilishi fuqarolarning shaxsiy xavfsizligiga tahdid soladigan axborotlarning davlat sirlariga kiritilishini man etish;
fuqarolar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning davlat xizmatchilari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar bilan ishda foydalanishga ijozatni rasmiylashtirish shartlari va tartiblari;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi va ilgʻor tendensiyalarni hisobga olgan holda davlat sirlarini saqlashning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish va takomillashtirish.
10. Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida ochiqlik darajasini yanada oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. Agentlik Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Adliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda 2021-yil 1-oktabrga qadar davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni taʼminlash boʻyicha faoliyatni tartibga soluvchi, shu jumladan monitoring oʻtkazish, amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash, ochiqlik indeksini hisoblashga qaratilgan Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini monitoring qilish va baholash boʻyicha metodikani ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin.
12. Belgilab qoʻyilsinki, 2021-yil 1-dekabrdan boshlab:
mazkur Farmonning 11-bandida koʻrsatilgan metodika asosida har yil yakuni boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining Ochiqlik indeksi aniqlanadi;
Agentlik Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining Ochiqlik indeksini aniqlash boʻyicha choralarni koʻradi, natijalarni oʻz rasmiy veb-saytlari va ommaviy axborot vositalari orqali ommaga yetkazilishini taʼminlaydi.
13. Oliy Majlis palatalariga oʻz rasmiy veb-saytlarida quyidagi maʼlumotlarni joylashtirish tavsiya etilsin:
parlament nazorati obyektlarining hisobotlarini eshitish natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlar;
Qonunchilik palatasida deputatning har bir qonun (qaror) loyihasini qabul qilish yoki rad etishdagi, senatorning har bir qonunni (qarorni) maʼqullash yoki rad etishdagi ishtiroki toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Oliy Majlis Senati aʼzosi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlari deputatlari, saylov okruglari hamda ularning elektron pochta manzillari haqidagi maʼlumotlar.
14. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Agentlik:
a) Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida mazkur Farmonning maqsad va vazifalarini yoritishga oid maqolalar va telekoʻrsatuvlarni tashkil etsin;
b) manfaatdor davlat organlari va tashkilotlar bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrdan boshlab quyidagi tadbirlar telekanallar, shuningdek, Internet tarmogʻi orqali jonli efirga uzatilishini taʼminlasin:
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati majlislari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi sessiyalari (yopiq majlislar bundan mustasno);
taraflarning roziligi bilan fuqarolar huquq va erkinliklari hamda jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi, aholi sogʻligʻini saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi, shu jumladan davlat xizmatchilarining kasbiy faoliyati bilan bogʻliq huquqbuzarliklarga oid ishlar, shuningdek, ayrim oilaviy nizolarga oid fuqarolik ishlari boʻyicha sud majlislari (yopiq sud majlislari bundan mustasno).
15. Mazkur Farmonda koʻrsatilgan qoida va tartiblarning buzilishi davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi sifatida baholansin.
16. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Agentlik, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xalqaro standartlarni inobatga olgan holda:
2022-yil 1-yanvarga qadar “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi qonun loyihasi konsepsiyasini;
2022-yil 1-aprelga qadar ushbu qonun loyihasini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
17. Agentlik Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 16-iyun,
PF-6247-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son Farmoniga
1-ILOVA
Ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar
ROʻYXATI
|
Axborotning turi, toifalar nomlanishi (parametrlar) |
Maʼlumot joylashtirilgan resurs |
Taqdim etish va yangilash muddati |
Joylashtirish uchun masʼul davlat organlari va tashkilotlari |
|
|
1. |
Davlat organlari va tashkilotlarining oʻz faoliyatiga oid hisoboti (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun moʻljallangan maʼlumotlar bundan mustasno). |
Rasmiy veb-saytlar |
Har yili 1-martga qadar |
Davlat organlari va tashkilotlari |
|
2. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar, shu jumladan individual imtiyozlar berilgan subyektlar, ularning yakuniy benefitsiar (foyda oluvchi) jismoniy shaxslari, ularning toʻlagan soliqlari va moliyaviy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi axborotlar. |
Ochiq maʼlumotlar portali, rasmiy veb-saytlar |
har chorakda |
Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi |
|
3. |
Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan davlat xaridlarini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar). |
Ochiq maʼlumotlar portali, rasmiy veb-saytlar |
har chorakda |
Davlat organlari va tashkilotlari |
|
4. |
Mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari (xizmat safarining yoki tashrifning maqsadi, sutkalik pul, transport va yashash bilan bogʻliq xarajatlar (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun moʻljallangan maʼlumotlar bundan mustasno). |
Ochiq maʼlumotlar portali, rasmiy veb-saytlar |
har chorakda |
Davlat organlari va tashkilotlari |
|
5. |
Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobiga xarid qilinishi rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (xarid eʼlon qilinishidan kamida 6 oy oldin). |
Rasmiy veb-saytlar |
doimiy ravishda |
Davlat organlari va tashkilotlari |
|
6. |
Davlat xaridlari va investitsiya loyihalari doirasida hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish boʻyicha tashkil etiladigan xarid komissiyalarining tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan: xarid komissiyasi tarkibini tasdiqlash haqidagi qaror; xarid komissiyasi aʼzolarining maʼlumotlari (familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi va egallab turgan lavozimi). |
Rasmiy veb-saytlar |
doimiy ravishda |
Davlat organlari va tashkilotlari |
|
7. |
Davlat siri boʻlgan maʼlumotlarning yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirning muhofaza qilinishini taʼminlagan holda tegishlicha oʻtkazilgan har bir taftish va tekshiruv (nazorat obyekti nomi, nazorat tadbirining maqsadi va muddatlari, uni oʻtkazgan davlat xizmatchisining lavozimi, familiyasi, ismi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (tegishli nazorat qiluvchi organning rahbarini xabardor etgandan soʻng). |
Ochiq maʼlumotlar portali |
har chorakda |
Hisob palatasi, Moliya vazirligi, nazorat qiluvchi organlar |
|
8. |
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar hamda davlat unitar korxonalari (keyingi oʻrinlarda — davlat ishtirokidagi korxonalar) roʻyxati (davlat nomidan aksiyador (ishtirokchi, mulkdor) funksiyalarini amalga oshirayotgan tashkilot, korxona hududi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, davlat ulushi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda), shuningdek, ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar roʻyxati. |
Ochiq maʼlumotlar portali |
har chorakda |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
|
9. |
Oʻzlari aksiyador (ishtirokchi, mulkdor) funksiyalarini bajaruvchi davlat ishtirokidagi korxonalarning ijroiya organi (direktor, boshqaruv raisi, boshqaruv aʼzolari) va kuzatuv kengashi aʼzolarining ismi va familiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
Ochiq maʼlumotlar portali |
har chorakda |
Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
10. |
Davlat ishtirokidagi korxonalar, shuningdek, ushbu korxonalarga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar tasarrufidagi yengil avtomobillar, xizmat uylari va boshqa koʻchmas mulklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
Ochiq maʼlumotlar portali, rasmiy veb-saytlar |
har chorakda |
Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi, Davlat soliq qoʻmitasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
11. |
Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan yil (chorak) yakuni boʻyicha toʻlangan dividendlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
Ochiq maʼlumotlar portali |
har chorakda |
Davlat soliq qoʻmitasi |
|
12. |
Davlat ishtirokidagi korxonalarga sarflangan Davlat budjeti mablagʻlari, tegishlicha xorijdan jalb etilgan mablagʻlar, shu jumladan davlat tashqi qarzi summalari hamda ularning sarflanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
Ochiq maʼlumotlar portali |
har chorakda |
Moliya vazirligi |
|
13. |
Davlat muassasalari roʻyxati (tashkil topgan sanasi, yuqori turuvchi organ) hamda xususiylashtirilgan davlat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (davlat sirini tashkil etuvchi maxfiy vazifa yuklatilgan davlat korxonalari va muassasalari bundan mustasno). |
Ochiq maʼlumotlar portali |
har chorakda |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
|
14. |
Tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasi bilan bir qatorda, uning ijrosi, shu jumladan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlari, avtomototransport vositalarini sotib olish va saqlash xarajatlari toʻgʻrisidagi va boshqa maʼlumotlar. |
Ochiq maʼlumotlar portali, Rasmiy veb-saytlar |
har chorakda |
Davlat organlari va tashkilotlari |
|
15. |
Davlat organlari va tashkilotlari tasarrufidagi xizmat avtomototransport vositalari, xizmat uylari va boshqa koʻchmas mulklar, qurilishi tugallanmagan obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (tezkor-qidiruv, harbiy va boshqa maxsus xizmatlarda foydalaniladigan ashyolar bundan mustasno). |
Ochiq maʼlumotlar portali, rasmiy veb-saytlar |
har chorakda |
Davlat organlari va tashkilotlari |
|
16. |
Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishga vakolatli hamda xabarnomalarni qabul qiladigan organlarning hududlar kesimida masʼul xodimlari, shu jumladan ushbu toifadagi hujjatlarni berishni tashkillashtiradigan tegishli komissiya aʼzolari (familiyasi, ismi va otasining ismi, egallab turgan lavozimi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
Rasmiy veb-saytlar, shu jumladan “licence.gov.uz” sayti |
har chorakda |
Davlat organlari va tashkilotlari |
|
17. |
Quyidagi litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar egalarining ismi va familiyalari: xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish; isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish; bank faoliyatini amalga oshirish; mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish; farmatsevtika faoliyati; koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyati; neft, gazni (shu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyati; magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish hamda ularni taʼmirlash faoliyati; import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish; davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan zaxira yerlarida pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish. |
Rasmiy veb-saytlar, shu jumladan “licence.gov.uz” sayti |
har chorakda |
Davlat organlari va tashkilotlari |
|
18. |
Tegishlicha yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar egalari, taqdim etilgan uchastka (maydonlar, foydali qazilmalar) toʻgʻrisidagi va boshqa maʼlumotlar. |
Ochiq maʼlumotlar portali, rasmiy veb-saytlar |
har chorakda |
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi |
|
19. |
Daryolar oʻzanlarida qum-shagʻal materiallarini qazib olish ishlariga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi tomonidan belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik subyektlari va boshqa tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
Ochiq maʼlumotlar portali, rasmiy veb-sayt |
har chorakda |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi |
|
20. |
Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun berilgan barcha ruxsatnomalar egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
Ochiq maʼlumotlar portali, rasmiy veb-sayt |
har chorakda |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi |
|
21. |
Oʻzbekiston Respublikasi davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlari hududida tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun berilgan ruxsatnoma egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
Ochiq maʼlumotlar portali, rasmiy veb-saytlar |
har chorakda |
Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
|
22. |
Davlat oliy taʼlim muassasalarining daromadlari, xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
Ochiq maʼlumotlar portali, rasmiy veb-saytlar |
har chorakda |
Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tarkibida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan davlat organlari |
|
23. |
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalariga mulk yoki ijara huquqini elektron auksion (“E-IJRO AUKSION”) orqali sotib olgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar. |
Ochiq maʼlumotlar portali, rasmiy veb-saytlar |
har chorakda |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi |
|
24. |
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga ijara huquqini berish boʻyicha ochiq tanlov gʻoliblari boʻlgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar. |
Ochiq maʼlumotlar portali, rasmiy veb-saytlar |
har chorakda |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
25. |
Mahalliy budjetlarning har chorak yakunida shakllantiriladigan daromadlar va xarajatlar smetasi, rejadan orttirib bajarilgan qismi va mazkur mablagʻlar yoʻnaltirilgan maqsadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
Rasmiy veb-saytlar |
har chorak yakunida |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman va shahar hokimliklari |
|
26. |
Quyidagilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatilgan aniq manzillar; individual tartibda har bir dasturiy-texnik vositasi qayd etadigan yoʻl harakati qoidalari buzilishi turi. |
Rasmiy veb-saytlar |
har oyda |
Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi |
|
27. |
Ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam olayotgan shaxslar (14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi, kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam hamda un va qolipli non xarid qilish boʻyicha qoʻshimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pulli kompensatsiyani olayotganlar) haqida hamda ishsizlik nafaqasini olayotgan shaxslar (familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan sanasi) toʻgʻrisidagi viloyat, tuman, shaharlar kesimidagi maʼlumotlar. |
Ochiq maʼlumotlar portali, rasmiy veb-saytlar |
har chorakda |
Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
|
28. |
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarning ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratish haqida bergan arizalari roʻyxati (navbati) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
Rasmiy veb-saytlar |
doimiy ravishda onlayn rejimda |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, tuman va shahar hokimliklari |
|
29. |
Davlat organlari va tashkilotlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan: jamoatchilik kengashining tasdiqlangan aʼzolari haqidagi maʼlumotlar bilan bir qatorda ularning aloqa maʼlumotlari (telefon, pochta va elektron manzillari); jamoatchilik kengashining yigʻilishlari va kun tartibidagi masalalar. |
Rasmiy veb-saytlar |
har chorakda |
Davlat organlari va tashkilotlari |
|
30. |
Davlat organlari va tashkilotlarining tasdiqlangan yarim yillik va (yoki) yillik ish rejalari (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun moʻljallangan maʼlumotlar bundan mustasno). |
Rasmiy veb-saytlar |
har yarim yillikda (har yili) |
Davlat organlari va tashkilotlari |
|
31. |
Davlat organlariga doimiy foydalanish uchun berilgan yer maydonlari va boshqa mol-mulklarni davlat-xususiy sheriklik asosida olgan yuridik va jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
Rasmiy veb-saytlar |
har chorakda |
Davlat organlari va tashkilotlari |
|
32. |
Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarning tashqi yoki ishonchli boshqaruvga berilgan davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari, ishonchli boshqaruvchi tomonidan jalb qilingan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
Rasmiy veb-saytlar |
har chorakda |
Davlat organlari va tashkilotlari |
|
33. |
Ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari toʻgʻrisidagi axborot bazasida quyidagilar haqidagi maʼlumotlarni aks ettirish: ovchilik xoʻjaliklari; ov qilish taqiqlangan joylar; yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ajratilgan kvota; ovchilik xoʻjaligiga va insonning xoʻjalik faoliyatiga zarar yetkazuvchi deb eʼtirof etilgan yovvoyi hayvonlar; muayyan ov qilish joylarida ov qilish uchun taqiq belgilanganligi; yovvoyi hayvonlarning ayrim turlariga nisbatan ov qilish uchun taqiq belgilanganligi; muayyan jinsdagi va yoshdagi yovvoyi hayvonlarga nisbatan ov qilish uchun taqiq belgilanganligi; ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish toʻgʻrisidagi tuzilgan barcha shartnomalar, ovchilik xoʻjaligini yuritish huquqi tugatilgan holatlar hamda undirilgan haq miqdorlari; yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnoma berilgan barcha shaxslar va ruxsatnomadagi maʼlumotlar hamda undirilgan haq miqdorlari; Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan ajratib olishga doir berilgan barcha ruxsatnomalar va ulardagi maʼlumotlar hamda undirilgan haq miqdorlari; Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining oʻrmon-ovchilik xoʻjaliklari tomonidan berilgan ovchilik yoʻllanmalari (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasi) hamda undirilgan haq miqdorlari. |
Ochiq maʼlumotlar portali, rasmiy veb-saytlar |
2021-yil 1-avgustdan boshlab doimiy ravishda |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi |
|
34. |
Oʻzlarining tarkibiga kiruvchi davlat muassasalarining nomi, faoliyat turi, funksiya va vakolatlari hamda rahbarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
Rasmiy veb-saytlar |
Har chorakda |
Davlat organlari va tashkilotlari |
|
35. |
Davlat budjeti, shuningdek, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar, shu jumladan istiqbolli investitsiya va infratuzilma loyihalari boʻyicha ularning asosiy texnik koʻrsatkichlari va boshqa loyiha hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
Rasmiy veb-saytlar |
har yarim yillikda |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, masʼul vazirlik va idoralar (loyiha tashabbuskorlari) |
|
36. |
Hududlar kesimida “Haj” tadbirlariga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati toʻgʻrisidagi (ziyoratga boruvchi shaxsning arizasi navbatga qoʻyilgan sana, roʻyxatdagi tartib raqami va ziyorat turi) maʼlumotlar. |
Rasmiy veb-sayt |
har chorakda |
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi |
|
37. |
Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish uchun berilgan arizalar navbati (roʻyxati) toʻgʻrisidagi (ariza navbatga qoʻyilgan sana, roʻyxatdagi tartib raqami, yosh guruhi hamda tashkilot raqami) maʼlumotlar. |
Rasmiy veb-saytlar |
har chorakda |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, hududiy maktabgacha va taʼlimi boshqarmalari |
|
38. |
Davlat organlari va tashkilotlarida davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini belgilovchi xarid komissiyasining ichki idoraviy tartibi (nizom, reglament, yoʻriqnoma yoki boshqa ichki idoraviy hujjat) |
Rasmiy veb-saytlar |
har chorakda |
Davlat organlari va tashkilotlari |
|
39. |
Boʻsh ish oʻrinlari (markaziy, hududiy va tizim tashkilotlarida), ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qoʻyiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
Rasmiy veb-saytlar |
har oyda |
Davlat organlari va tashkilotlari |
|
40. |
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarga taqdim etilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari haqidagi maʼlumotlar, shu jumladan gʻolib boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning buyurtma doirasida bajargan ishlari yuzasidan hisobotlari haqidagi maʼlumotlar. |
Rasmiy veb-saytlar |
har yarim yillikda |
Davlat organlari va tashkilotlari |
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son Farmoniga
2-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida ochiqlik darajasini yanada oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
|
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Amalga oshirish muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
|
1. |
Xalqaro standartlarni inobatga olgan holda, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi qonun loyihasini ishlab chiqish: |
Qonun konsepsiyasi |
2022-yil 1-yanvar |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, “Yuksalish” umummilliy harakati, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
“shaffoflik, ochiqlik va hisobdorlik” tamoyili ostida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining shaffofligi va ochiqligini taʼminlashning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash; jismoniy va yuridik shaxslarning hamda fuqarolik jamiyati institutlarining davlat boshqaruvida ishtirok etish huquqini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan taʼminlash; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari maʼlumotlari ochiqligi prezumpsiyasini joriy etish, unga muvofiq, qonunchilik hujjatlari bilan cheklanmagan har qanday maʼlumotni ochiq maʼlumot hisoblash; fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari va jamoat tashkilotlari istalgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan oʻz huquq va manfaatlariga oid maʼlumot yoki hujjatlarni (davlat sirlaridan tashqari) soʻrab olishlari mumkinligi, ushbu organlar esa bunday murojaatni koʻrib chiqishga majburligini nazarda tutish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rahbarlari yoki axborot xizmatlari rahbarlari (matbuot kotiblari) tegishlicha jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, rasmiy veb-saytlar, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, media sayohatlar tashkil etish yoʻli bilan aholiga muntazam, toʻliq va tezkor ravishda shaxsan axborot taqdim etib borishini nazarda tutish; mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻzlarining faoliyatiga oid maʼlumotlarni aholiga yetkazish, shuningdek, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish jarayoniga fuqarolarni jalb etish uchun choralar koʻrish va koʻmaklashish. |
Qonun loyihasi |
2022-yil 1-aprel |
||
|
2. |
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish. |
Qonun loyihasi |
2021-yil avgust |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
3. |
Xalqaro standartlarni inobatga olgan holda, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi “Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi qonun loyihasini ishlab chiqish: cheklab qoʻyilgan axborotlar roʻyxati, undan foydalanish hamda maʼlumotlarni bunday axborotlar jumlasiga kiritish hamda chiqarish asoslari, muddatlari va tartibini belgilash; cheklab qoʻyilgan axborotlar roʻyxatiga kirmaydigan maʼlumotlarni maxfiylashtirishni taqiqlash; cheklab qoʻyilishi fuqarolarning shaxsiy xavfsizligiga tahdid soladigan axborotlarning davlat sirlariga kiritilishini man etish; fuqarolar, davlat organlari va tashkilotlarning davlat xizmatchilari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar bilan ishda foydalanishga ijozatni rasmiylashtirish shartlari va tartiblarini belgilash; axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi va zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda davlat sirlarini saqlashning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish va takomillashtirish. |
Qonun loyihasi |
2021-yil avgust |
Davlat xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
4. |
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 355-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qoʻyiladigan asosiy talablarga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish: a) yil davomida oʻtkaziladigan hisobot (hayʼat) yigʻilishlarining videoyozuvlari va ular yakuni boʻyicha qabul qilingan qarorlar; b) ochiq maʼlumotlar shaklida budjet hamda budjetdan tashqari jamgʻarmalarning tushumlari va xarajatlari, shuningdek, amalga oshirilgan davlat xaridlari boʻyicha maʼlumotlar; v) rasmiy veb-saytda joylashtirilishi majburiy boʻlgan axborotlarni yangilab borish davriyligi muddatini axborotlarning dinamik (oʻzgaruvchan) va statistik turlariga qarab tasniflagan holda amalga oshirish; g) veb-saytda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati boʻyicha alohida sahifa tashkil qilgan holda, unga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha maʼlumotlarni kiritib borish: korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, shu jumladan ushbu yoʻnalishda sohaga doir qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, odob-axloq qoidalari hamda normativ-huquqiy hujjatlarning ijro holati; sohada korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida ishlab chiqilgan dastur, chora-tadbirlar rejasi va boshqa hujjatlar; ichki idoraviy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalari; korrupsiyaviy huquqbuzarlik va jinoyatlar haqidagi statistik maʼlumotlar (sud qarori asosida), shu jumladan koʻrilgan choralar yuzasidan maʼlumot va hisobotlar; jismoniy va yuridik shaxs vakillari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida maʼlumot berish imkoniyatini beruvchi aloqa kanallari toʻgʻrisida maʼlumot; oʻtkazilgan tahlillar va jamoatchilik soʻrovlari, shu jumladan onlayn soʻrovnoma va uning natijalari; korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida tayyorlangan targʻibot materiallari (slayd, rolik, maʼruza matnlari, maqola, buklet, risola va boshqalar); keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari ishtirokida oʻtkazilishi rejalashtirilgan seminar, trening, davra suhbati, muhokama, press-konferensiya va boshqa tadbirlar; joriy etilgan ichki nazorat (komplayens nazorat) tizimi boʻlinmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va tatbiq etilgan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2021-yil sentabr |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
5. |
Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarni dolzarblik va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan qamrab olinganligi nuqtai nazaridan tanqidiy oʻrganish va zaruratga koʻra tegishli qaror loyihasini belgilangan tartibda kiritish: Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-martdagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan Internetda tarqatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom; Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 8-noyabrdagi 394-son “Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratiyalashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy siyosiy jamgʻarmasi toʻgʻrisida”gi qarori. |
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2021-yil sentabr |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK |
|
6. |
Barcha davlat organlari va tashkilotlariga tatbiq etiladigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida ochiqlik boʻyicha monitoring oʻtkazish, ochiqlik boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash, ochiqlik indeksini hisoblashga qaratilgan Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini monitoring qilish va baholash boʻyicha metodikani ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 1-oktabr |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Adliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Bosh prokuratura, Oliy sud, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
7. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash: Jamgʻarmaning asosiy vazifalari; Davlat budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar, Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlaridan ajratiladigan ajratmalarning aniq miqdorlarini belgilash; jamgʻarma mablagʻlarini sarflashning aniq va shaffof tartibi va mexanizmlari; jamgʻarma daromadlari va xarajatlari boʻyicha hisobot berish; mablagʻlarni taqsimlashda oshkoralik va xolislikni taʼminlash; Agentlik direktoriga Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Agentlikning qoʻshimcha xodimlar shtat birliklarini kiritish huquqi. |
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2021-yil avgust |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
|
8. |
Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish boʻyicha davlat xizmatchilari uchun qoʻllanmani ishlab chiqish hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan yuritilishi tavsiya etiladigan ijtimoiy tarmoqlar roʻyxatini (“Tvitter” yoki boshqalar) shakllantirish. |
Qoʻllanma |
2021-yil sentabr |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati |
|
9. |
Jamoatchilik kengashlari faoliyatini yaxshilash va takomillashtirishga qaratilgan Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyati samaradorligini reyting baholash metodikasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Metodika |
2021-yil sentabr |
Adliya vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
|
10. |
“Ochiq Hukumat hamkorligi” (Open Government Partnership, OGP) xalqaro tashkilotiga Oʻzbekiston Respublikasining aʼzo boʻlish shartlari va oqibatlari tahlili, shuningdek, mavjud salohiyat, xorijiy davlatlar tajribasini hisobga olgan holda asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Takliflar |
2021-yil sentabr |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
11. |
Quyidagilarni amalga oshirish: ilgʻor xalqaro standartlarga muvofiq Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari, chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlardan olingan tashqi qarzlar toʻgʻrisidagi axborotning hajmi va aniq roʻyxatini belgilash, uni detallashtirilgan holda jamoatchilikka yetkazish choralarini koʻrish; budjet shaffofligi boʻyicha xalqaro reytingda yetakchi oʻrinlarni egallab turgan ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribasini doimiy tahlil qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Budjet ochiqligi indeksida egallagan pogʻonasini oshirish yuzasidan takliflar tayyorlab borish; Open Knowledge Foundation va boshqa shu kabi xalqaro hamda chet el tashkilotlari bilan birgalikda Davlat budjeti mablagʻlari aylanmasi ochiqligi va shaffofligini taʼminlashga qaratilgan Open Spending (Where Does My Money Go, Citizen Budget va boshqalar) loyihalarini, ularning amaliy ahamiyatini hisobga olib amalga oshirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish; fuqarolar va jamoat birlashmalarini budjet shakllanishi va tasarruf etilishi jarayoniga, shu jumladan dastlabki budjet loyihasi va auditorlik hisobot muhokamalariga real jalb etish mexanizmlarini nazarda tutuvchi amaliy chora-tadbirlarni qabul qilish. |
Kompleks chora-tadbirlar rejasi |
2021-yil avgust |
Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
12. |
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorligini kuchaytirish, shu jumladan: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar vakillari, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari vakillarining axborot olish borasidagi huquq va majburiyatlari haqida xabardorligini oshirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda fuqarolar, jamoat birlashmalari va tadbirkorlik subyektlarining ishtirokini, ularning fikr va mulohazalarini hisobga olgan holda, taʼminlash imkoniyatini yaratish, doimiy axborot va muloqot tizimini yoʻlga qoʻyish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan oʻz yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda bajariladigan ishlarning holatini tanqidiy baho berish imkoniyatini yaratish, bunda davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini samarali ravishda yoʻlga qoʻyish, shu jumladan kengashning tarkibini shakllantirishda aksariyat aʼzolarini tajribaga ega boʻlgan mahalliy va chet ellik ekspertlar, olimlar va boshqa aloqador tashkilotlar vakillaridan tashkil topishini taʼminlash. |
Kompleks chora-tadbirlar rejasi |
2021-yil sentabr |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, “Yuksalish” umummilliy harakati, “Madad” NNT, manfaatdor vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari |
|
13. |
“Hukumatning ochiqligi” omili (Open Government Factor, WJP Rule of Law Index) boʻyicha mamlakatning oʻrnini yaxshilash maqsadida quyidagi yoʻnalishlarda kompleks tahlil oʻtkazish va natijasi boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish: qonun hujjatlari hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni eʼlon qilish holati; jismoniy shaxslar va yuridik shaxs vakillarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlardan foydalanish huquqi bilan taʼminlanganlik holati; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ochiqlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganlik yuzasidan shikoyat qilish mexanizmlari joriy etilganligi va qoʻllanilishi holati. |
Tashkiliy chora-tadbirlar dasturi |
2021-yil sentabr |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, “Yuksalish” umummilliy harakati, manfaatdor vazirlik va idoralar |
Izoh: Normativ-huquqiy hujjatlar zaruratga qarab, tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga koʻra, yagona hujjatga birlashtirilishi yoki qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 06/21/6247/0563-son, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son, 15.06.2022-y., 06/22/154/0524-son; 28.11.2023-y., 06/23/200/0896-son; 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son; 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
