Davlat xizmatlarini va xizmatlarning boshqa turlarini ko‘rsatish muddatlari va qiymatini tartibga soluvchi hujjatlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Davlat xizmatlari koʻrsatishni soddalashtirish, byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Respublikada davlat xizmatlarini koʻrsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʻsiqlarni bartaraf etish, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni tubdan qisqartirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan 73 turdagi maʼlumotnoma va hujjatlar taqdim etilishi talabi bekor qilinib, davlat organlari tomonidan ushbu maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olish tizimi joriy etildi.
Shu bilan birga, aholiga davlat xizmatlarini qulay va oson shakllarda koʻrsatish koʻlamini oshirish va fuqarolarning idorama-idora sarson boʻlib yurishining oldini olish, davlat organlari axborot tizimida mavjud maʼlumotlarni ishonchli himoya qilish boʻyicha ishlarni izchil davom ettirish zarur.
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun davlat xizmatlari koʻrsatish koʻlamini oshirish, aholining masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, bu borada barcha uchun teng sharoitlarni yaratish orqali inklyuziv muhitni shakllantirish maqsadida:
1. 2022-yil 1-avgustdan boshlab:
a) davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qoʻshimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi (keyingi oʻrinlarda — Mobil-ID tizimi) joriy etilsin;
b) shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Mobil-ID tizimi “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash boʻyicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi;
shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash fuqaroning xohishiga koʻra davlat xizmatlari markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) yoki notarial idora tomonidan yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi;
Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan oʻtish uchun fuqaro tomonidan bevosita Markaz yoki notarial idoraga murojaat qilinganda shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli taqdim etiladi hamda Markaz yoki notarial idora xodimi tomonidan fuqaroning yuzi raqamli formatda rasmga tushiriladi, elektron shaklda qoʻl barmogʻi izi olinadi va mobil telefon raqami YIDXPdagi shaxsiy kabinetga bogʻlanadi;
Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan oʻtish uchun fuqaro tomonidan YIDXPning mobil ilovasidan foydalanilganda masofadan biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) usuli yoki ID-kartadagi elektron raqamli imzo qoʻllaniladi hamda mobil telefon raqami YIDXPdagi shaxsiy kabinetga bepul bogʻlanadi;
bevosita Markazlar yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilish 2022-yil 31-dekabrga qadar toʻlov undirilmasdan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida bir martalik toʻlov undirilgan holda amalga oshiriladi;
Mobil-ID tizimi foydalanuvchilari elektron raqamli imzoni qoʻllamagan holda barcha davlat xizmatlaridan (bundan moliyaviy xizmatlar mustasno) foydalanishi mumkin;
fuqaroning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladigan barcha xabarnomalar uning xohishiga koʻra va belgilangan toʻlovlar asosida Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyalangan mobil telefon raqamiga SMS-xabar shaklida yuboriladi.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Mobil-ID tizimini joriy qilish va kelgusida texnik qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlar Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan teng miqdorda yoxud qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha vazifalarni amalga oshirishda Adliya vazirligining kelgusi besh yillikdagi ustuvor faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
“Davlat xizmatlarini koʻrsatishda fuqaro eʼtibor markazida” (Citizen — centric service) tamoyili asosida davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini modernizatsiya qilish;
Markazlar faoliyatida qoʻllanilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlarini kengaytirish, aholining elektron davlat xizmatlaridan foydalanish darajasini keskin oshirish hamda ish yuritishni “qogʻozsiz” tamoyil asosida olib borish;
biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullari (Business Process Reengineering) asosida har bir davlat xizmatini maqbullashtirish, shu jumladan muddatlar va talab etiladigan hujjatlar sonini maksimal darajada qisqartirish orqali “bir darcha” tamoyilini amaliyotga toʻliq tatbiq etish;
ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik rivojlanishning joriy holati, aholi va tadbirkorlik subyektlarining ehtiyoji va talablaridan kelib chiqib davlat xizmatlarining yangi turlarini yoʻlga qoʻyish hamda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan davlat xizmatlarini birlashtirish yoki bekor qilish;
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatishda inklyuziv muhitni yaratish;
davlat organlarining tashabbusi asosida proaktiv davlat xizmatlari hamda bitta soʻrov boʻyicha oʻzaro bogʻliq kompozit davlat xizmatlari koʻrsatish amaliyotini kengaytirish;
oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish koʻnikmalarini oshirib borish.
4. Quyidagilar:
Davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan milliy strategiyasi 1-ilovaga muvofiq;
Davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan milliy strategiyasini 2022-2023-yillarda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
2022-yil 1-iyuldan ayrim talab va shartlari bekor qilinayotgan litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
2022-yil 1-iyundan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydigan davlat xizmatlari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
“Elektron hukumat” doirasida aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan davlat xizmatlari toʻgʻrisida elektron xabardor qilish tizimiga davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini integratsiya qilish jadvali 5-ilovaga muvofiq;
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish va koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini Yagona billing tizimiga bosqichma-bosqich integratsiya qilish jadvali 6-ilovaga muvofiq;
2022 — 2026-yillarda davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini jadal rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari) 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilansinki, 2022-yil 1-iyuldan boshlab kommunal tashkilotlar tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmonining 4-bandi hamda 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmonining 5-bandida nazarda tutilgan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ va “Toshissiqquvvati” DUK Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyunga qadar oʻz axborot tizimlarining “Elektron hukumat” tizimi doirasida ishlovchi Raqamli maʼlumotlar platformasiga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
6. Xizmatlar koʻrsatish sifatini oshirish, fuqarolar va xususiy sektorga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2022-yil 1-sentabrdan boshlab quyidagi nodavlat tashkilotlarga “Elektron hukumat” tizimi orqali olinishi mumkin boʻlgan maʼlumotlardan foydalanish imkoniyati yaratilsin:
tijorat banklari;
telekommunikatsiya tashkilotlari;
xususiy tibbiyot muassasalari;
nodavlat taʼlim tashkilotlari;
sugʻurta tashkilotlari.
Belgilansinki, “Elektron hukumat” tizimidan foydalanishga ruxsat berilgan nodavlat tashkilotlar shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish hamda uchinchi shaxslarga maʼlum qilmaslik boʻyicha zarur tashkiliy va texnik choralarni koʻrishi shart. Bunda, shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etish tegishli litsenziyaning talab va shartlaridan biri hisoblanadi.
7. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
bir oy muddatda “Elektron hukumat” tizimi doirasida maʼlumotlarni nodavlat tashkilotlarga taqdim etuvchi Raqamli maʼlumotlar platformasini ishlab chiqsin;
ikki oy muddatda nodavlat tashkilotlarni Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulash hamda barcha davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar nodavlat tashkilotlarga faqat Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali taqdim etilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2022-yil 1-iyunga qadar ushbu Farmonga 4-ilovada koʻrsatilgan davlat xizmatlaridan YIDXPda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlamasdan foydalanish imkoniyatini yaratsin;
2022-yil 1-avgustga qadar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Mobil-ID tizimini, shuningdek, shaxsga doir maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimidan foydalangan holda taqdim etishning yangi tartibini joriy etish boʻyicha tashkiliy-texnik choralarni amalga oshirsin.
8. Shaxsga doir maʼlumotlarning konfidensialligini va ishonchli himoya qilinishini taʼminlash maqsadida 2022-yil 1-avgustdan boshlab shaxsga doir maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimidan foydalangan holda olishning quyidagi tartibi joriy etilsin:
davlat organlari tomonidan shaxsga doir maʼlumotlar “Elektron hukumat” tizimi orqali soʻrab olinganda shaxsga doir maʼlumotlar subyektining YIDXPdagi shaxsiy kabineti yoki Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyadan oʻtgan mobil telefon raqamiga bu haqida xabarnoma yuboriladi (bundan davlat siri va qonunchilikka muvofiq foydalanish cheklangan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan holatlar mustasno);
xoʻjalik birlashmalari, davlat tashkilotlari va muassasalari, “Elektron hukumat” tizimidan foydalanishga ruxsat berilgan nodavlat tashkilotlar tomonidan ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatishda shaxsga doir maʼlumotlar uning subyekti roziligi bilan “Elektron hukumat” tizimi orqali taqdim etiladi. Bunda, maʼlumotlar tegishli tashkilotga shaxsga doir maʼlumotlar subyektining YIDXPdagi shaxsiy kabineti yoki Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyadan oʻtgan mobil telefon raqamidan tasdiq olingandan soʻng “Elektron hukumat” tizimi orqali taqdim etiladi.
Davlat personallashtirish markazi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning vakolat, funksiya va faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqqan holda, “Elektron hukumat” tizimi orqali shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanish doirasi va chegaralarini belgilash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-iyundan boshlab:
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar aʼzolari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda oʻtkaziladigan kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan toʻlovlardan ozod etiladi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Markazlarda aholi va tadbirkorlik subyektlariga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish uchun oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatuvchi joylar tashkil etiladi. Bunda, Markazlarda faoliyat olib borayotgan operatorlarning kamida 1 nafari davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanmoqchi boʻlgan shaxslarga bevosita yordam koʻrsatishga jalb etiladi;
davlat xizmatidan foydalanishda undiriladigan toʻlovlarni Markazlarda joylashgan tijorat banklari shoxobchasidan naqd yoki naqd pulsiz shaklda amalga oshirganda ikki foizgacha boʻlgan tijorat bankining komissiya summasi uchun alohida toʻlov undirilmaydi (bundan davlat boji toʻlovlari mustasno). Bunda, mablagʻlarni oluvchilarning har biriga yoʻnaltiriladigan summalar proporsional ravishda kamaytirilgan holda, tijorat bankining komissiya toʻlovi xizmatdan foydalanish uchun toʻlanadigan toʻlov hisobidan oʻtkazib beriladi;
tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar davlat xizmatlarini koʻrsatish yoki boshqa maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirish funksiyalari yuklatilgan tashkilotlarning mansabdor shaxslari va masʼul xodimlari davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgar hisoblanadi.
10. Adliya vazirligi 2022-yil 1-iyulga qadar:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi va Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda shaxsni Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyalash tartibini joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Markazlarda davlat xizmatlari uchun toʻlovlarni qabul qiladigan tijorat banklari shoxobchalarini ijara toʻlovlarini undirmagan holda besh yilgacha boʻlgan muddatga joylashtirish boʻyicha tanlov oʻtkazsin;
qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 9-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda mazkur Farmonning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
14. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib adliya vaziri R.Q. Davletov hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligi toʻgʻrisida 2022-yil 1-noyabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 20-aprel,
PF-113-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga
1-ILOVA
Davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan
Milliy strategiyasi
Davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan milliy strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6269-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.
Strategiya davlat xizmatlarini koʻrsatishning joriy holati va xorijiy mamlakatlarning ushbu sohadagi eng yaxshi tajribalarini hisobga olgan holda, “Davlat xizmatlarini koʻrsatishda fuqaro eʼtibor markazida” (Citizen — centric service) tamoyili asosida davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari va ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
Davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish aholining davlat organlari bilan munosabatga kirishishda inson omilini minimallashtirish, byurokratik jarayonlarni qisqartirish, xizmatdan foydalanuvchilarning vaqti va xarajatlarini kamaytirish hamda maʼmuriy tartib-taomillarning shaffofligi va ochiqligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish koʻlamini kengaytirish boʻyicha olib borilayotgan davlat siyosatida mamlakatda qulay ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, xizmatdan foydalanuvchilarga sifatli va tezkor davlat xizmatlarini taqdim etish ustuvor masalalardan biri hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqa vakolatli organlar bilan birgalikda Strategiyaning amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Strategiyani amalga oshirish uchun:
“yoʻl xarita”lar ishlab chiqiladi va ularda belgilangan choralar amaliyotga tatbiq etiladi;
vakolatli davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatlarini koʻrsatish faoliyati tahlil qilinadi;
biznes jarayonlarini reinjiniring qilish (BPR) usullaridan foydalangan holda davlat xizmatlarini taqdim etish jarayonlari maqbullashtiriladi;
aholi oʻrtasida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkaziladi;
davlat xizmatlari markazlarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi;
davlat xizmatlarini koʻrsatishda qoʻllaniladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari takomillashtiriladi.
2-bob. Joriy holat tavsifi va mavjud muammolar
Soʻnggi yillarda davlat xizmatlari koʻrsatish tizimida olib borilayotgan islohotlar natijasida aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga qulay va tezkor davlat xizmatlarini taqdim etishning zamonaviy infratuzilmasi barpo etildi.
Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimining sifat jihatidan yangi darajaga oʻtishini taʼminlash maqsadida 2017-yilda har bir tuman (shahar)da davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etildi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini isloh qilish natijasida mavjud 750 dan ortiq davlat xizmatlaridan 172 tasi Markazlar, 308 tasi esa Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) hamda “Litsenziya” axborot tizimi orqali interaktiv shaklda koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyildi.
Bugungi kunga qadar 207 ta Markazlar hamda ularning 141 ta filiallari orqali jismoniy va yuridik shaxslarga jami 32 mln.dan ortiq xizmatlar koʻrsatildi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishning umumiy muddati deyarli 787 kundan 471 kungacha qisqartirildi. Tadbirkorlik sohasida 132 ta litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillari bekor qilindi.
Aholiga davlat xizmatlaridan foydalanishda qulayliklar yaratish boʻyicha davlat xizmatlaridan eksterritoriallik tamoyili boʻyicha foydalanish tartibi joriy etildi hamda davlat idoralari tomonidan fuqarolar va tadbirkorlardan jami 73 ta hujjat hamda maʼlumotnomalarni talab qilish amaliyoti bekor qilindi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishing yangi shakllari joriy qilinishi natijasida 17 ta davlat xizmatini kompozit tarzda koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi.
Markazlar orqali davlat xizmatlarini koʻrsatishni joriy etish natijasida 200 dan ortiq tartib-taomillar qayta koʻrib chiqilib, soddalashtirildi.
Shu bilan birga, davlat xizmatlari koʻrsatish tizimining yanada rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi quyidagi tizimli muammolar mavjud:
mavjud davlat xizmatlarining katta qismi hamon elektron shaklda koʻrsatilmasdan anʼanaviy shaklda aholiga taqdim etib kelinmoqda;
davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar davlat xizmatlarini koʻrsatishning zamonaviy shakllari va maʼmuriy tartib-taomillar prinsiplariga muvofiq emasligi hamda ichki idoraviy hujjatlar bilan davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibotlarini belgilash hanuzgacha saqlanib qolinmoqda;
davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi vakolatli organlar tomonidan faqat rasmiy qoidalar va talablarga rioya etishni vaj qilgan holda, boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan ustuvor huquq va imtiyozlarni qoʻllash rad etilishi holatlari tufayli ariza beruvchilarning ovoragarchiliklari saqlanib qolmoqda;
tartib-taomillari oʻzaro oʻxshash boʻlgan davlat xizmatlarini koʻrsatish asoslarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish ishlari lozim darajada amaliyotga tatbiq etilmaganligi qonunchilik hujjatlarining soni sunʼiy oshib ketishiga sabab boʻlmoqda;
davlat xizmatlari yagona reyestrida takrorlanuvchi, bir xizmatning tarkibiy qismi boʻlgan bir nechta xizmatlar, oʻz ahamiyatini yoʻqotgan davlat xizmatlari saqlanib qolmoqda;
vakolatli idoralar tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatishda toʻlovlar ularning ushbu xizmatni koʻrsatish uchun sarf qiladigan xarajatlaridan ortiqcha miqdorlarda undirilmoqda;
ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi vakolatli organlar tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish tartiblari muntazam ravishda buzilishi sabablari bartaraf qilinmasdan qolmoqda;
vakolatli idoralar tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish tartib-taomillari buzilganda ularning qonunga xilof xatti-harakatlari va qarorlari ustidan sudgacha shikoyat qilishning mexanizmlari yoʻlga qoʻyilmaganligi sababli jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklash uzoq vaqtni talab qilmoqda;
hududlarda vakolatli idoralarning quyi boʻgʻin tashkilotlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yetishmovchiligi yoki axborot tizimlari mavjud emasligi interaktiv davlat xizmatlarini koʻrsatishga toʻlaqonli imkon bermayapti;
bir qator vakolatli idoralarda davlat xizmatlarini koʻrsatishga aniq masʼul boʻlgan xodimlar ajratilmaganligi yoki belgilanmaganligi koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarining sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda;
shaxsni identifikatsiyalashning muqobil usullari joriy etilmaganligi sababli fuqarolar tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanishda identifikatsiya jarayoni asosan elektron raqamli imzoga bogʻlanib qolmoqda;
respublika miqyosida Internet tezligining pastligi hamda optik-tolali tarmoq chekka hududlargacha yetib bormaganligi elektron davlat xizmatlarining koʻrsatkichlari past darajada saqlanib qolishiga olib kelmoqda;
davlat xizmatlarini koʻrsatishda foydalaniladigan maʼlumotlarning katta qismi raqamlashtirilmaganligi “Elektron hukumat” tizimining barcha imkoniyatlaridan foydalanish darajasini cheklamoqda;
davlat xizmatlarining mobil ilovasi talab yuqori boʻlgan xizmatlarni toʻliq qamrab olmasligi, bu ilovadan xizmatning oxiriga qadar foydalanish imkoniyati mavjud emasligi sababli elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish koʻlami pastligicha qolmoqda;
davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi organlar tomonidan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarga zarur infratuzilma yaratilmaganligi natijasida ariza beruvchilar ijtimoiy sohadagi xizmatlardan foydalanishda noqulayliklarga duch kelmoqda;
davlat xizmatlaridan masofadan turib elektron foydalanish boʻyicha aholining bilim va koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilmaganligi 24 soat davomida Markazlarda ortiqcha navbatlar yuzaga kelishiga olib kelmoqda va talab yuqori boʻlgan yangi xizmatlarni koʻrsatishni yoʻlga qoʻyishga toʻsqinlik qilmoqda;
davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi xodimlarning malakasi talab darajasida emasligi yoki ularning maʼlum bir sohaga ixtisoslashib qolganligi natijasida xizmat koʻrsatish sifati pastligicha qolmoqda;
ayrim fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish jarayonlari murakkabligi, hanuzgacha inson omiliga bogʻliqligi hamda shaffof emasligi ushbu sohada aholining ovoragarchiligiga olib kelmoqda.
3-bob. Strategiyaning maqsadi, vazifalari va tamoyillari
Strategiyaning maqsadi davlat xizmatlarini jismoniy va yuridik shaxslar uchun foydalanishga oson, qulay va shaffof shakllarda koʻrsatish koʻlamini oshirish, aholining masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda davlat xizmatini koʻrsatishda barcha uchun teng sharoitlarni vujudga keltirish orqali inklyuziv muhitni yaratishdan iborat.
Maqsadga erishish uchun quyidagilar Strategiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
davlat xizmatidan foydalanish uchun murojaat qilishning qulay usullarini yoʻlga qoʻyish;
Markazlar va YIDXPga yangi xizmatlarni joriy etishdan oldin ularning tartib-taomillarini soddalashtirgan holda, asosan maʼlum bir hududda eksperiment tariqasida koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish orqali tartibga solish taʼsirini baholash;
jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini sudgacha ishonchli himoya qilishning samarali mexanizmlarini belgilash;
YIDXPning mobil ilovasini takomillashtirish va ommabop xizmatlardan ushbu ilova orqali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
elektron hukumat, davlat xizmatlarini rivojlantirish sohasidagi xalqaro reytinglarda Oʻzbekiston Respublikasi oʻrnini yaxshilash;
Markazlar faoliyati samaradorligini oshirish;
ayrim davlat xizmatlarini xususiy sektorga bosqichma-bosqich oʻtkazish.
Quyidagi tamoyillar Strategiyaning asosini tashkil qiladi:
Davlat xizmatlarini koʻrsatishda fuqaro eʼtibor markazida (Citizen — centric service). Bu tamoyil davlat xizmatlarini koʻrsatishning tashkiliy-huquqiy mexanizmi undan foydalanuvchi uchun maksimal qulaylik yaratgan holda yoʻlga qoʻyilishini nazarda tutadi. Bu, oʻz navbatida, davlat xizmatlarini joriy etish va takomillashtirishda foydalanuvchilarning faol ishtirokini ham taqozo etadi.
Kam xarajat bilan yuqori ijtimoiy qiymat yaratish. Davlat xizmatlarini koʻrsatishda foydalanuvchilarning ehtiyojlari yuqori darajada qondirilishini taʼminlash uchun davlat ilgʻor boshqaruv texnologiyalaridan, davlat-xususiy sheriklik va bozor iqtisodiyoti tamoyillaridan samarali foydalanishi zarur.
Davlat xizmatlarini innovatsion rivojlantirish. Davlat xizmatlari tizimida innovatsiyalarni joriy etish, sifatni monitoring va nazorat qilish, oʻz vaqtida tezkor tuzatishlar kiritish mexanizmi qoʻllanilishi kerak.
Huquqiy aniqlik va xavfsizlik. Davlat xizmatlarini koʻrsatish qonun asosida, maʼmuriy tartib-taomillarga muvofiq hamda tegishli qarorlar va xatti-harakatlarning qonuniyligi ustidan nazoratning ishonchli kafolatlari bilan amalga oshirilishi lozim.
4-bob. Strategiyaning ustuvor yoʻnalishlari
Strategiya quyidagi ustuvor yoʻnalishlarni nazarda tutadi:
davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi huquqiy asoslarni takomillashtirish va maʼmuriy tartib-taomillarning samaradorligini oshirish;
sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, davlat xizmatlarini koʻrsatishda idoralararo elektron hamkorlikni kengaytirish va mavjud maʼlumotlar bazasini raqamlashtirish, konfidensial axborotlarning xavfsizligini taʼminlash;
davlat xizmatlarining yangi turlari va shakllarini joriy qilish, xizmatlardan foydalanish qulayligini oshirish va koʻrsatilayotgan xizmatlarni ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish;
davlat xizmatlarini koʻrsatishda vakolatli idoralarning masʼuliyatini yanada oshirish, aholiga oʻz vaqtida xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlashning taʼsirchan mexanizmlarini ishlab chiqish hamda xodimlarni ijtimoiy himoya qilish;
xalqaro reytinglarda Oʻzbekiston oʻrnini yaxshilash va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
1-§. Davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi huquqiy asoslarni takomillashtirish va maʼmuriy tartib-taomillarning samaradorligini oshirish
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi huquqiy asoslarni takomillashtirish va maʼmuriy tartib-taomillarning samaradorligini oshirish boʻyicha quyidagilar amalga oshiriladi:
maʼmuriy tartib-taomillar tamoyillari asosida davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish hamda ularni mazkur tamoyillarga muvofiqlashtirish;
davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish va ularning sonini maqbullashtirish;
idoraviy normativ-huquqiy hujjat yoki ichki hujjatlar asosida koʻrsatiladigan davlat xizmatlari tartibotlarini Hukumat qarori darajasida belgilash;
davlat xizmatlarini koʻrsatish tartib-taomillarini biznes jarayonlarini reinjiniring qilish (BPR) usullarini qoʻllagan holda maqbullashtirish;
arizalarni koʻrib chiqqanlik uchun undiriladigan yigʻimlar miqdorini vakolatli organ sarf qiladigan xarajatlarga muvofiqlashtirish choralarini koʻrish;
davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi vakolatli davlat organlari tomonidan davlatda mavjud maʼlumotlarni fuqarolardan talab qilish tartibini bosqichma-bosqich bekor qilish;
davlat xizmatlari yagona reyestrini qayta koʻrib chiqqan holda, uning doimiy dolzarbligini taʼminlash;
jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatishni ularning yashash manzili va joylashgan yeridan qatʼi nazar eksterritorial tamoyil asosida amalga oshirishni kengaytirish;
davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishda foydalanadigan qoʻllanmani tayyorlash.
2-§. Sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, davlat xizmatlarini koʻrsatishda idoralararo elektron hamkorlikni kengaytirish va mavjud maʼlumotlar bazasini raqamlashtirish, konfidensial axborotlarning xavfsizligini taʼminlash
Sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, davlat xizmatlarini koʻrsatishda idoralararo elektron hamkorlikni kengaytirish va mavjud maʼlumotlar bazasini raqamlashtirish boʻyicha quyidagilar amalga oshiriladi:
maʼlumotlarni boshqarish jarayonlarini joriy qilish, ularni himoya qilish, koʻrsatilgan davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi reyestrlarni raqamlashtirish;
davlat organlarining oʻzaro soʻrov asosidagi integratsiyasini faqatgina “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali amalga oshirish;
bank-moliya va davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida yagona identifikatsiya tizimini joriy etish;
davlat, bank, ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish va boshqa maʼmuriy tartib-taomillardan oʻtishda shaxsni identifikatsiya qilishning muqobil usullarini joriy etish (Mobil-ID, bank plastik kartasi orqali identifikatsiyalash, biometrik identifikatsiya — Face ID, Finger Print);
xorijdagi vatandoshlarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish;
davlat xizmatlari koʻrsatishni mobil ilova orqali koʻrsatishni rivojlantirish. Bunda “hujjatlar-telefonda” tamoyili asosida shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni mobil ilovaga oʻtkazish va ularni QR-kod (matritsali shtrix-kod) orqali identifikatsiyalashni yoʻlga qoʻyish;
xalqaro standartlarga mos keladigan algoritmlarni tatbiq qilgan holda, jismoniy va yuridik shaxslarga elektron raqamli imzo taqdim etishni yoʻlga qoʻyish;
FHDY sohasidagi ish yuritishni “qogʻozsiz” sohaga aylantirish;
blokcheyn texnologiyalariga asoslangan raqamli transformatsiya orqali davlat xizmatlari koʻrsatishning innovatsion yondashuvlarini joriy etish;
Davlat xizmatlari yagona reyestridagi pullik asosda koʻrsatiladigan barcha xizmatlar boʻyicha toʻlovlarni elektron koʻrinishda ham amalga oshirish imkoniyatini yoʻlga qoʻyish;
Markazlar, tuman, viloyat va respublika kesimida foydalanuvchilarning qanoatlanishi umumiy indeksini yuritish mexanizmini joriy etish;
“veb-saytdan mobil ilovaga” (from web to app) tamoyiliga asosan YIDXPning mobil ilovasini takomillashtirish va ommabop xizmatlardan ushbu ilova orqali foydalanishni kengaytirish;
jismoniy va yuridik shaxslarga vakolatli davlat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga elektron tarzda “Apostil” (Apostille) maxsus shtampini qoʻyish amaliyotini joriy etish;
axborot tizimlarini ishlab chiqish boʻyicha loyihalarni davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish;
barcha koʻchmas mulk obyektlari, yer uchastkalari va boshqa obyektlarni oʻz ichiga olgan yagona manzillar reyestrini shakllantirish. Bunda reyestrning ajralmas qismi sifatida majburiy tartibda koʻchmas mulkning kadastr raqami va geomakon kodini kiritish amaliyotini joriy etish. Shuningdek, har qanday yangi qurilgan bino-inshoot yoki yangi koʻchani foydalanishga topshirishdan oldin aynan yagona manzillar reyestriga oʻzgartirish kiritish tartibini joriy etish;
axborot-kommunikatsiyalarni (chat, bot, ishonch telefoni va b.) keng joriy qilgan holda, davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida yuzaga kelayotgan masalalar yuzasidan aholiga 24 soat davomida maslahat va tushuntirishlar berishni yoʻlga qoʻyish;
Markazlar, axborot portallari, call-markaz orqali kelib tushayotgan murojaatlardan kelib chiqib davlat idoralari faoliyatini reyting asosida baholash tizimini joriy etish;
aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun talab yuqori boʻlgan ayrim elektron davlat xizmatlarini tijorat banklari va mobil aloqa operatorlarining mobil ilovalari orqali koʻrsatish mexanizmlarini joriy qilish;
barcha turdagi davlat xizmatlarini koʻrsatish natijasida beriladigan hujjatlarni foydalanuvchilarning YIDXPdagi shaxsiy kabinetidan bepul tarzda olish imkoniyatini yaratish;
davlat xizmatlari uchun toʻlovlarni murojaatchilarning ixtiyoriy tanloviga asosan xalqaro toʻlov kartasi orqali xorijiy valyutalarda amalga oshirish imkoniyatini yaratish;
davlat xizmatlaridan foydalanishda ariza beruvchilarga xizmatning natijasini ularning mobil telefoniga yuborish tartibini yoʻlga qoʻyish;
davlat xizmatlarini koʻrsatishda foydalaniladigan barcha axborot tizimlarida majburiy tartibda bevosita vakolatli boʻlgan organlar tomonidan ishlab chiqilgan klassifikatorlar va identifikatorlardan foydalanish tartibini joriy etish. Barcha vazirlik va idoralarning axborot tizimlarida bugungi kunga qadar foydalanib kelinayotgan klassifikatorlarni birxillashtirish choralarini koʻrish;
fuqarolarning imkoniyatlaridan foydalangan holda davlat organlarining maʼlumotlar bazalarini shaxsga doir maʼlumotlar bilan raqamlashtirish;
Markazlarda bosqichma-bosqich bepul Wi-Fi hududlar tashkil qilish;
“FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimini qayta koʻrib chiqish va foydalanish uchun qulay shaklga keltirish;
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi tizimiga tegishli axborot tizimlarini integratsiya qilgan holda, vazifasidan ozod qilingan xodimning tizimga kirish imkoniyatini cheklash boʻyicha tegishli choralar koʻrish.
3-§. Davlat xizmatlarining yangi turlari va shakllarini joriy qilish, xizmatlardan foydalanish qulayligini oshirish va koʻrsatilayotgan xizmatlarni ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish
Davlat xizmatlarining yangi turlari va shakllarini joriy qilish, xizmatlardan foydalanish qulayligini oshirish va koʻrsatilayotgan xizmatlarni ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish sohasida quyidagilar amalga oshiriladi:
ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik rivojlanishning joriy holati, aholi va tadbirkorlik subyektlarining ehtiyoj hamda talablaridan kelib chiqib davlat xizmatlarining yangi turlarini koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish hamda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan davlat xizmatlarini birlashtirish yoki bekor qilish choralarini koʻrish;
davlat organlarining oʻz tashabbusi bilan fuqarolarga muayyan vaziyatda kerakli xizmatdan foydalanishni taklif qilishini nazarda tutuvchi proaktiv davlat xizmatlari koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish;
fuqaroning bitta soʻrovi asosida oʻzaro bogʻliq davlat xizmatlarini kompozit shaklda taqdim etishni kengaytirish;
Markazlarda oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va aholining davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish koʻnikmasini oshirib borish;
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatishda inklyuziv muhitni yaratish;
nogironligi boʻlgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan koʻrikdan oʻtkazishni ularning talabnomalariga asosan joyiga chiqqan holda amalga oshirish;
FHDY organlariga elektron murojaat qilishni toʻliq yoʻlga qoʻyish, ayrim xizmatlardan foydalanish uchun arizalarni Markazlar va YIDXP orqali qabul qilish;
tugʻilish qayd etilmagan va tugʻilganligi haqida tibbiy maʼlumotnomasi boʻlmagan shaxslarni soddalashtirilgan tartibda tugʻilganligini qayd qilish boʻyicha bir martalik aksiya oʻtkazish;
barcha turdagi fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining “yagona dalolatnoma” asosida yuritilishini yoʻlga qoʻyish;
jismoniy shaxslarga beriladigan ID-kartadan foydalanish infratuzilmasini rivojlantirish hamda davlat xizmatlarini koʻrsatishda identifikatsiya va verifikatsiya vositasi sifatida uni keng qoʻllash;
Markazlarda joriy qilingan xizmatni koʻrsatish vaqtiga qarab ularni alohida toifa (yoʻlak)larga ajratgan holda xizmatlar koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;
ayrim turdagi davlat xizmatlarini tijorat banklari orqali koʻrsatish tizimini joriy etish;
Nukus shahri va viloyat markazlaridagi Davlat xizmatlari markazlari joylashgan binolarning old tomonida oʻziga oʻzi xizmat qilish tamoyili asosida ishlovchi interaktiv infokiosklar oʻrnatish orqali 24 soat rejimida davlat xizmatlari koʻrsatishni joriy etish;
Markazlarda xizmat natijasini avtotransport vositasidan tushmagan holda tezkor olish imkonini beruvchi “DXM drive” xizmatini yoʻlga qoʻyish;
qoʻshimcha toʻlov evaziga tezlashtirilgan tartibda koʻrsatiladigan davlat xizmatlari turlarini koʻpaytirish;
pochta aloqa boʻlimlari orqali koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sonini oshirib borish;
“Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi tomonidan aholiga masofadan turib telefon aloqasi orqali konsalting va ayrim turdagi davlat xizmatlarini koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;
aholining turli ijtimoiy qatlamlari tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanishda yuzaga keladigan muammolarni aniqlash va ilmiy tahlil qilish;
olis aholi punktlarining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, shu jumladan mahalla fuqarolar yigʻinlari raislarining va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirgan holda, “markaz-mahalla-fuqaro” tamoyili boʻyicha Markazlar orqali koʻrsatilayotgan xizmatlarning har bir oilaga kirib borishini taʼminlash;
har bir mahallada yashovchi aholining davlat xizmatlariga boʻlgan talabi va ehtiyojidan kelib chiqib, joylarga chiqqan holda, “mahallabay” asosida manzilli xizmat koʻrsatish. Bu borada aholining davlat xizmatidan qoniqish darajasini oshirish;
davlat xizmatlarining respublika hududlariga kirib borganlik holatini tahlil qilish va hududlarda istiqomat qiluvchi aholining davlat xizmatlariga boʻlgan talabini oʻrganish;
davlat xizmatlarini koʻrsatish joylarida foydalanuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar, mavjud boʻlishi kerak boʻlgan minimal jihozlar, axborot texnologiyalari, operatorlar tashqi koʻrinishi, muomala madaniyati qoidalarini oʻz ichiga olgan talablarni ishlab chiqish.
4-§. Davlat xizmatlarini koʻrsatishda vakolatli idoralarning masʼuliyatini yanada oshirish, aholiga oʻz vaqtida xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlashning taʼsirchan mexanizmlarini ishlab chiqish hamda xodimlarni ijtimoiy himoya qilish
Davlat xizmatlarini koʻrsatishda vakolatli idoralarning masʼuliyatini yanada oshirish, aholiga oʻz vaqtida xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlashning taʼsirchan mexanizmlarini ishlab chiqish hamda xodimlarni ijtimoiy himoya qilish sohasida quyidagilar amalga oshiriladi:
davlat xizmatlarini koʻrsatish tartiblari muntazam ravishda buzilishiga yoʻl qoʻyib kelayotgan davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi vakolatli organlarda ushbu holatlarning sabablarini tahlil qilish va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritish;
vakolatli idoralar tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish tartib-taomillari buzilganda ularning qonunga xilof xatti-harakatlari va qarorlari ustidan sudgacha shikoyat qilish mexanizmini yoʻlga qoʻyish;
davlat xizmatlarini koʻrsatish tartib-taomillarini qayta tahlil qilgan holda, davlat idoralari hamda tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan ayrim xizmatlarni xususiy sektorga bosqichma-bosqich oʻtkazish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi masʼul xodim tayinlanganda bu haqda Adliya vazirligini xabardor qilish tartibini joriy qilish, xodim tegishli lavozimga tayinlangandan soʻng bir oy ichida davlat xizmatlari sohasida malaka oshirishni yoʻlga qoʻyish;
davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishida samaradorlik va natijadorlikni baholash tartibini takomillashtirish hamda uni elektron shaklda amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish;
Adliya vazirligining Davlat xizmatlari departamenti va Markazlarda samarali mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, ularni ragʻbatlantirish choralarini koʻrish;
davlat xizmatlarini koʻrsatishda vakolatli organlarning ish yuklamasidan kelib chiqib, tegishli funksiyalarni ularning hududiy boʻlinmalariga (tuman va viloyat) yoki yuqori turuvchi tuzilmalariga oʻtkazish choralarini koʻrish;
Adliya vazirligi tomonidan vakolatli organlarning davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi funksiya, vakolat hamda imkoniyatlarini tahlil qilish, xizmatlarni raqamlashtirish darajasini baholash yordamida vakolatli organlarning tarkibiy tuzilmalari salohiyatini mustahkamlash.
5-§. Xalqaro reytinglarda Oʻzbekiston oʻrnini yaxshilash va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish
Xalqaro reytinglarda Oʻzbekiston oʻrnini yaxshilash va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish sohasida quyidagilar amalga oshiriladi:
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (SDGs) reytingi va Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorida (Worldwide Governance Indicators) doimiy ishtirok etish va unda Oʻzbekiston oʻrnini yaxshilash;
Elektron hukumat global indeksida Oʻzbekiston oʻrnini yaxshilash;
davlat xizmatlarini koʻrsatishni rivojlantirish maqsadida xalqaro ekspertlar ishtirokida xodimlar uchun xorijiy amaliyot, seminar va oʻquv kurslarini tashkil etish ishlarini kengaytirish;
davlat xizmatlari sohasida ilgʻor davlatlar bilan tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish yuzasidan xalqaro forumlar oʻtkazish;
davlat xizmatlarini koʻrsatish, maʼmuriy islohotlarni tadqiq qilish sohasida faoliyat yurituvchi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” loyihasi boʻyicha hamkorlikning II fazasini amalga oshirish;
davlat xizmatlari sohasida ilgʻor davlatlarning vakolatli organlari bilan ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish.
5-bob. Strategiyani amalga oshirish orqali erishiladigan natijalar va maqsadli koʻrsatkichlar
Davlat xizmatlarini koʻrsatishning milliy tizimini rivojlantirish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, aholining elektron davlat xizmatlaridan foydalanish darajasini oshirish, tizimga innovatsion yangiliklarni joriy etish maqsadida Strategiya quyidagi natijalarga erishishni koʻzda tutadi:
davlat xizmatlari respublikaning barcha hududlariga kirib borishi hamda aholining davlat xizmatlariga boʻlgan talabi samarali qondirilishiga erishish;
davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish asosida huquqiy aniqlikni taʼminlash;
anʼanaviy tarzda koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini elektron shaklga oʻtkazish darajasini 80 foizga yetkazish;
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish koʻlamini 60 foizgacha koʻtarish;
davlat xizmatlarini oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish asosida koʻrsatilishini rivojlantirish;
zarur arxiv maʼlumotlarini raqamlashtirish orqali jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatish sifati hamda tezligini oshirish;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari sonini 400 taga, Markazlar orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari sonini 300 taga yetkazish;
Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida Oʻzbekiston oʻrnini 20 pogʻonaga yaxshilash;
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (SDGs) reytingi va Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorida (Worldwide Governance Indicators) Oʻzbekiston oʻrnini yaxshilash;
davlat xizmatlarini koʻrsatishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali maʼlumot almashinuv darajasini 90 foizga yetkazish;
davlat xizmatlarini koʻrsatishda foydalaniladigan maʼlumotlar bazalarini raqamlashtirish darajasini 80 foizga yetkazish;
davlat xizmatlarini koʻrsatishda jismoniy shaxslarni identifikatsiya qilish tizimini takomillashtirish hamda uning zamonaviy vositalarini (Mobil-ID, bank plastik kartasi orqali identifikatsiyalash, biometrik identifikatsiya — Face ID, Finger Print kabilar) joriy etish;
davlat xizmatlarini koʻrsatishda maʼlumotlar ochiqligini, davlat organlari hamda boshqa idoralar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish;
tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarining faqat “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatilishiga erishish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga
2-ILOVA
Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan milliy strategiyasini 2022-2023-yillarda amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
|
T/r |
Tadbirlarning nomlanishi |
Amalga oshirish shakli |
Bajarish muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi huquqiy asoslarni takomillashtirish va maʼmuriy tartib-taomillarning samaradorligini oshirish |
||||
|
1. |
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroridagi tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni hamda qayta roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asoslarni quyidagilarni nazarda tutgan holda aniqlashtirish: tadbirkorlik subyekti taqdim etgan manzil maʼlumotlari soliq va kadastr maʼlumotlar bazalarida mavjud boʻlmasligi; tadbirkorlik subyekti oʻzining tashkiliy-huquqiy shaklini qonunchilik hujjatlarida mavjud boʻlmagan tashkiliy-huquqiy shakllarga oʻzgartirishni soʻrab murojaat qilganda; tadbirkorlik subyekti tanlagan firma nomi “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga nomuvofiq boʻlganda. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2022-yil iyul |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (D. Raximov), Savdo-sanoat palatasi (I. Djasimov) |
|
2. |
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda taʼlim olishini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish, bunda: doimiy umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qatnay olmaydigan bolalar uchun uzoq muddatli tibbiy xulosalar taqdim etish orqali har yilgi hujjat taqdim qilishni bekor qilish; ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga ular Tibbiy-maslahat komissiyasiga murojaat qilgandan soʻng barcha xizmatlar kompozit tarzda davlat organlari tomonidan amalga oshirilib, bolaga oʻqituvchi biriktirilganligi toʻgʻrisida buyruq qabul qilingandan keyin bu haqda xabar yuborish amaliyotini joriy qilish; TMK tomonidan xulosalarni maktabga emas, tuman/shahar xalq taʼlimi boʻlimiga yuborish tartibini joriy qilish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil iyul |
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
3. |
Ilmiy texnikaviy hamkorlik boʻyicha xalqaro bitimlar doirasida xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalardan xorijdan keltirilayotgan pul mablagʻlarining ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar berish tartibini takomillashtirish, bunda: tegishli xulosalar olish boʻyicha murojaatlarni YIDXP orqali qabul qilishni yoʻlga qoʻyish; ilmiy texnikaviy hamkorlik boʻyicha xalqaro bitimlar doirasida xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalardan keltirilayotgan pul mablagʻlari va asbob-uskunalarning ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi boʻyicha ekspertizadan oʻtkazish hamda xulosa berish boʻyicha undiriladigan toʻlovlar miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan bir baravariga kamaytirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil avgust |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov) |
|
4. |
Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonuni tamoyillari asosida davlat xizmatlari koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tanlov asosida qayta koʻrib chiqish hamda ularni mazkur tamoyillarga muvofiqlashtirish. Bunda: maʼmuriy ishni koʻrib chiqishda ariza beruvchilarga xatoliklarni toʻgʻrilash uchun imkoniyat berilishi, byurokratik rasmiyatchilikka yoʻl qoʻyilmasligi, davlat xizmatlarini koʻrsatishning “bir darcha” orqali amalga oshirilishi kabi prinsiplar asosida davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar xatlovdan oʻtkaziladi; davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonuni tamoyillariga moslashtiriladi. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil noyabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
5. |
Quyidagi sohalarda davlat xizmatlari koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish (birlashtirish) va ularning sonini maqbullashtirish: jismoniy shaxslarga turli maʼlumotnomalar berish; malaka sertifikatlarini berish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil mart |
Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
6. |
Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatishni ularning yashash manzili va joylashgan yeridan qatʼi nazar eksterritorial tamoyil asosida amalga oshirishni kengaytirish yuzasidan qonunchilik hujjatlarini tahlil qilgan holda takliflar ishlab chiqish. |
Axborot-tahliliy maʼlumotnoma |
2023-yil may |
Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
7. |
Davlat xizmatlarini koʻrsatishda undiriladigan toʻlovlar miqdorlarini ularning vakolatli organ tomonidan sarflanadigan xarajatlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan tahlil qilish hamda toʻlovlarni kamaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil avgust |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
8. |
Davlat xizmatlari yagona reyestridan takrorlanuvchi, bir xizmatning tarkibiy qismi boʻlgan bir nechta xizmatlar, oʻz ahamiyatini yoʻqotgan davlat xizmatlarini chiqarib tashlash, reyestrga kiritilmagan davlat xizmatlari va boshqa maʼmuriy tartib-taomillarni kiritish orqali tugal roʻyxatni shakllantirish yoʻli bilan uning dolzarbligini taʼminlash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil oktabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
9. |
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishda foydalaniladigan qoʻllanma tayyorlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-yil dekabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
II. 2022-2023-yillarda davlat xizmatlarini biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullari (Business Process Reengineering) orqali soddalashtirish hamda mavjud huquqiy asoslarni mustahkamlash |
||||
|
10. |
Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullarini (BPR) qoʻllash orqali maqbullashtirish, muddatlar va zarur hujjatlarni maksimal darajada qisqartirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil iyun |
Oliy attestatsiya komissiyasi (A. Yusupov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
11. |
Oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan mol-mulkni sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatini quyidagilarni inobatga olgan holda qayta koʻrib chiqish: davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha talab qilinadigan hujjatlar va muddatlarni qisqartirish; ariza beruvchidan qoʻshimcha maʼlumotlar soʻrash talabini bekor qilish; xizmat koʻrsatish natijasi boʻyicha beriladigan sertifikatni QR-kod orqali rasmiylashtirish; arizalarni YIDXP orqali ham qabul qilishni yoʻlga qoʻyish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil iyul |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A. Voitov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
12. |
Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlarini YIDXP orqali koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish, davlat xizmatini koʻrsatish muddatlarini qisqartirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil iyul |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A. Voitov) Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Savdo-sanoat palatasi (I. Djasimov) |
|
13. |
Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartishlarni kiritish: tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomalarini berish muddatini 10 ish kunidan 2 ish kuniga qisqartirish; guvohnomalarni elektron shaklda QR-kod bilan tasdiqlagan holda berish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil iyun |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
14. |
Tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini ishlab chiqish. Bunda, talabnomalarni xalqaro shartnomalar talablarini inobatga olgan holda, asosan davlat axborot tizimlari orqali avtomatik (elektron) tarzda qabul qilish va ustuvorlik sanasini belgilashni nazarda tutish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2022-yil sentabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
15. |
Boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlovdan oʻtganlik toʻgʻrisida sertifikat berish tartib-taomillarini toʻliq raqamlashtirish. Bunda: davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan hamda ulardan tashqari tashkil etilgan tayyorlov guruhlarida boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtgan bolalar haqidagi maʼlumotlar Xalq taʼlimi vazirligining axborot tizimiga avtomatik yuborilishi/kiritilishini yoʻlga qoʻyish; sertifikatlarni blankda berishni, shuningdek, maxsus axborot tizimlari orqali QR-kod qoʻyilgan holda ota-onaga elektron shaklda xabar yuborish hamda uning dublikatini berish amaliyotini bekor qilish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil avgust |
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
16. |
Uy-joyning buzilishi toʻgʻrisida maʼlumot berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil avgust |
Qurilish vazirligi (B. Zokirov), Kadastr agentligi (F. Pulatov), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Sh. Xidoyatov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
17. |
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullarini (BPR) qoʻllash orqali maqbullashtirish, uning muddatlari hamda talab qilinadigan hujjatlarni qisqartirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil oktabr |
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (A. Vaxabov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
18. |
Oʻzaro nikohda boʻlmagan ota-onadan tugʻilgan farzandlarning tugʻilishini qayd qilish tartib-taomillarini qayta koʻrib chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil noyabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
19. |
Ichki suv yoʻllarida qurilmalarni koʻchirishga doir xulosa berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil noyabr |
Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
20. |
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami joriy etilganligini inobatga olgan holda, fuqaroning familiya, ismini oʻzgartirish xizmatini raqamlashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil dekabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
21. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish va Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibini biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullarini (BPR) qoʻllash orqali maqbullashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil dekabr |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (S. Xolxoʻjayev) |
|
22. |
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullarini (BPR) qoʻllash orqali maqbullashtirish, texnik koʻrikdan oʻtkazishning tadbirkorlik subyektlari (yuridik shaxslar) tomonidan amalga oshirilishini yoʻlga qoʻyish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil yanvar |
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (A. Vaxabov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
23. |
Koʻchmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatini biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullarini (BPR) qoʻllash orqali maqbullashtirish hamda ushbu xizmatni YIDXP orqali taqdim etishni yoʻlga qoʻyish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil yanvar |
Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
24. |
Vasiylik va homiylik organlarining vasiylik va homiylikni belgilash, amalga oshirish va toʻxtatishga doir faoliyatini toʻliq soddalashtirish, bunda: yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar hisobini elektron yuritish orqali ushbu maʼlumotlarni Xalq taʼlimi vazirligi, statistika organlariga taqdim qilib borish amaliyotini bekor qilish; muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar hisobini elektron yuritish orqali ushbu maʼlumotlarni Sogʻliqni saqlash vazirligi, statistika organlariga taqdim qilib borish amaliyotini bekor qilish; vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlarini elektron shaklda yuritish; davlat muassasalariga (internatlarga) joylashtiriladigan balogʻatga yetmagan shaxslarning elektron hisobini yuritish; otasi va onasi haqidagi maʼlumotlar boʻlmagan hollarda FHDY organlariga tugʻilishni qayd qilish boʻyicha elektron koʻrsatmalar yuborish; bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat)ga olishni istagan shaxslarning elektron hisobini yuritish, tuzilgan shartnomalarni elektron bazaga kiritib borish; vasiylik va homiylikni belgilashdagi tartib-taomillarni, talab qilinadigan hujjatlarni “bir darcha” tamoyili orqali olish yoʻli bilan keskin qisqartirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil fevral |
Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
25. |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradio mahsulotlarini tarqatish huquqini beruvchi ruxsatnomani berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishni biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullarini (BPR) qoʻllash orqali maqbullashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2023-yil fevral |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
26. |
Hayvonlar kasalliklariga tashxis qoʻyish, ozuqalarning, shuningdek, chorvachilik obyektlarida ichimlik suvning sifatini baholash xulosalarini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil fevral |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (B. Norqobilov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
27. |
Togʻ-kon qazib oluvchi va qayta ishlovchi korxonaning texnik loyihasini kelishish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil mart |
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (B. Islamov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
28. |
Atrof muhitga taʼsir koʻrsatishning III va IV toifasiga mansub faoliyat turlari boʻyicha davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazishni YIDXP hamda davlat xizmatlari markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) orqali koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil mart |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N. Oblomuradov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
29. |
Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishni biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullarini (BPR) qoʻllash orqali maqbullashtirish, ushbu xizmatni koʻrsatishda YIDXP orqali murojaatlarni qabul qilishni yoʻlga qoʻyish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil mart |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (B. Norqobilov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
30. |
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali charm va moʻyna xom ashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibini quyidagilarni inobatga olgan holda qayta koʻrib chiqib, soddalashtirish: eksportchi tashkilotlar tomonidan eksport kontraktlari monitoringini amalga oshirish uchun “Oʻzcharmsanoat” uyushmasiga hujjatlarni (eksport kontrakti nusxasini, eksport kontraktiga narx kalkulyatsiyasini) elektron shaklda dastur orqali taqdim etishni yoʻlga qoʻyish; Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali “vet blyu” xom ashyosini olib chiqish uchun eksport qilinadigan mahsulot qiymatining 5 foizi miqdorida Uyushmaning Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yigʻim toʻlash va toʻlov hujjati nusxasini taqdim etish amaliyotini bekor qilish; eksportchi tashkilotlar tomonidan taqdim qilingan eksport kontraktlarini Uyushma tomonidan bir ish kuni muddatida tekshirish va monitoring natijalarini Davlat bojxona qoʻmitasiga elektron shaklda maʼlum qilish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil aprel |
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi (F. Boboyev), Davlat bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) |
|
31. |
Tadbirkorlik subyektlarini fiskal modul bilan taʼminlash va operator tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan yilda bir marta bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlanadigan toʻlovni bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida etib belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil aprel |
Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) |
|
32. |
Axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan hamda vakolatli organlar bilan kelishgan holda, nodavlat tashkilotlarning soʻrovi boʻyicha ularning idoraviy axborot tizimlarini raqamli maʼlumotlar platformasiga integratsiya qilishni, alohida axborot tizimi mavjud boʻlmagan hollarda raqamli maʼlumotlar platformasidan foydalanish uchun shaxsiy kabinet ochib berishni taʼminlash. Bunda, nodavlat tashkilotlarning idoraviy axborot tizimlarini raqamli maʼlumotlar platformasiga integratsiya qilish yoki ularga shaxsiy kabinet ochib berish bilan bogʻliq xarajatlar tegishli nodavlat tashkilot tomonidan qoplanadi. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil iyul |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
33. |
Harbiy roʻyxatga kiritish va undan chiqarish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishni biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullarini (BPR) qoʻllash orqali maqbullashtirish, tartib, muddatlar va zarur hujjatlarni maksimal darajada qisqartirish, shuningdek, shaxsning ish joyi, lavozimi, oilaviy holati oʻzgarganda bu haqda vakolatli organni YIDXP orqali xabardor qilish tizimini yoʻlga qoʻyish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil may |
Mudofaa vazirligi (B. Qurbonov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
34. |
Farzandlikka olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishni biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullarini (BPR) qoʻllash orqali maqbullashtirish, tartib, muddatlar va zarur hujjatlarni maksimal darajada qisqartirish. Ushbu davlat xizmatini koʻrsatishni toʻliq raqamlashtirish, murojaatlarni elektron qabul qilish, ariza beruvchilarning navbatlarini ochiq onlayn shaklda kuzatib borish tizimini yoʻlga qoʻyish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil iyun |
Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Milliy gvardiya (R.Joʻrayev), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
35. |
Sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida maʼlumotlar berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil sentabr |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qoʻldoshev), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
36. |
Import qilinayotganda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan xom ashyolar roʻyxatida koʻrsatilgan “in bulk” mahsulotlar turlari uchun xulosa berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil noyabr |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
III. Sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, davlat xizmatlarini koʻrsatishda idoralararo elektron hamkorlikni kengaytirish va mavjud maʼlumotlar bazasini raqamlashtirish, elektron davlat xizmatlarining ulushini oshirish |
||||
|
37. |
Davlat, bank, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va boshqa maʼmuriy tartib-taomillardan oʻtishda shaxsni identifikatsiya qilishning yagona standartlarini, muqobil usullarini joriy etish. Bunda, davlat xizmatlarini koʻrsatishda Mobil-ID tizimi orqali shaxslarni identifikatsiya qilish yoʻlga qoʻyiladi. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2022-yil iyul |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
38. |
YIDXPning mobil ilovasini takomillashtirish va ommabop xizmatlardan ushbu ilova orqali foydalanishni kengaytirish. Bunda: eng koʻp koʻrsatilgan davlat xizmatlari tanlab olinadi; shaxsni Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiya qilishni yoʻlga qoʻygan holda, YIDXPning mobil ilovasida xizmatlar koʻrsatish hajmi keskin kengaytiriladi. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2022-yil iyul |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
39. |
Davlat xizmatlaridan foydalanishda shaxsni identifikatsiya qilishning qoʻshimcha imkoniyatlarini yaratish maqsadida “Tasdiqlangan foydalanuvchi” maqomini va uning amal qilish muddatini belgilashni, foydalanuvchining shaxsini tasdiqlashning turli usullari tavsifini, “Tasdiqlangan foydalanuvchi” maqomi uchun talab etiladigan maʼlumotlar va davlat xizmatlari roʻyxatini tasdiqlash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil iyul |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat personallashtirish markazi (U. Tashxodjayev) |
|
40. |
“Elektron hukumat” tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatishda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi tizimiga tegishli axborot tizimlarini integratsiya qilgan holda, vazifasidan ozod qilingan xodimning davlat xizmatlari koʻrsatiladigan axborot tizimlariga kirish imkoniyatini cheklash boʻyicha tegishli choralar koʻrish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2022-yil avgust |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
41. |
Aholi va tadbirkorlik subyektlariga elektron hukumat xizmatlari haqidagi maʼlumotlarni imtiyozli tariflar asosida mobil aloqa operatorlari tarmoqlari orqali SMS-xabar shaklida yetkazish, bunda: |
Kompleks chora-tadbirlar |
2022-yil avgust |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi hamda mobil aloqa operatorlari oʻrtasida SMS-xabarlarni imtiyozli tariflar asosida joʻnatishni nazarda tutuvchi shartnomalar rasmiylashtiriladi; elektron hukumat xizmatlari haqida axborot berish va xabardor qilish tizimi davlat organlari va tashkilotlarining tegishli axborot tizimlari bilan bosqichma-bosqich integratsiya qilinadi. |
Zaruratga koʻra |
|||
|
42. |
“Elektron hukumat” tizimining axborot resurslari va foydalanuvchilarini avtorizatsiyadan oʻtkazish dasturiy taʼminotini ishlab chiqish, bunda: |
Kompleks chora-tadbirlar |
2022-yil sentabr |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
axborot tizimining texnik topshirigʻi ishlab chiqiladi va vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkaziladi; |
||||
|
axborot tizimi ishlab chiqiladi va joriy qilinadi. |
2022-yil oktabr |
|||
|
43. |
Davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi idoraning rasmiy veb-saytida davlat xizmati boʻyicha murojaatning qabul qilingan vaqti, masʼul ijrochisi, holati va natijasi kabilarni qamrab olgan ochiq maʼlumotlar reyestrini yuritishni yoʻlga qoʻyish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil sentabr |
Davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi barcha vazirlik va idoralar |
|
44. |
Davlat xizmatlarini koʻrsatishda foydalaniladigan barcha axborot tizimlarida majburiy tartibda bevosita vakolatli organlar tomonidan ishlab chiqilgan klassifikatorlar va identifikatorlardan foydalanish tartibini joriy etish. Bunda, barcha vazirlik va idoralarda bugungi kunga qadar foydalanib kelinayotgan klassifikatorlar birxillashtiriladi. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2022-yil sentabr |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
45. |
Davlat organlarida mavjud maʼlumotlar bazalarining dolzarbligini va statistik axborotlarning bir xilligini taʼminlash maqsadida Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi va Adliya vazirligining davlat roʻyxatidan oʻtgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar haqidagi maʼlumotlar bazalarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish. Mazkur maʼlumot bazalarini davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslarida qoʻllanilishi majburiy boʻlgan elektron hukumatning yagona identifikatorlari, maʼlumotnomalar va tasniflagichlar roʻyxatlariga kiritilgan maʼlumotlardan foydalanishni yoʻlga qoʻyish orqali yuritish hamda ulardan biriga oʻzgartirish kiritilganda, ushbu oʻzgartirishlarni yuqorida qayd etilgan barcha bazalarda real vaqt rejimida aks ettirish mexanizmini yoʻlga qoʻyish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2022-yil may — dekabr |
Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
46. |
Fuqarolarning shaxsiy hujjatlari maʼlumotlari (haydovchilik guvohnomasi, avtotransport vositasini qayd etish guvohnomasi va shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi holati haqidagi va boshqa maʼlumotlar), jarimalar, xorijga chiqishga cheklov, ijro hujjati boʻyicha qarzdorlik holatlari hamda tadbirkorlik subyektining mavjud barcha ruxsatnoma va litsenziyalarini ularning YIDXPdagi shaxsiy kabinetida aks ettirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil oktabr |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Majburiy ijro byurosi (X. Kabirdjanov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
47. |
Markazlarda davlat xizmatlarini koʻrsatishda maʼlumotlarni tasdiqlashning Finger Print vositalarini joriy qilish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2022-yil oktabr-dekabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
48. |
Davlat bojlari, yigʻimlarini va davlat organlari tomonidan qoʻllaniladigan jarima va boshqa toʻlovlarni YIDXPda onlayn toʻlash boʻyicha “Elektron toʻlovlar” sahifasini ochish, bunda: “Davlat xizmatlari uchun toʻlovlar” boʻlimini yaratish va toʻlov servislari joriy etiladi; davlat xizmatlari uchun toʻlangan toʻlovlar toʻgʻrisidagi yagona kvitansiya shakli joriy etiladi; YIDXPda “Davlat xizmatlari narxi” servisi ishga tushiriladi; YIDXPga joriy etilgan toʻlov tizimlari hujjatlari boʻyicha xatlov oʻtkaziladi; yangi toʻlov tizimlari bilan muzokaralar olib boriladi va shartnomalar tuziladi; YIDXPda yangi toʻlov tizimlarini ishlatish xizmati joriy qilinadi. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2023-yil fevral |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
49. |
YIDXPda imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qoʻshimcha imkoniyatlarga ega boʻlim yaratish (kontrastni qoʻshish, shriftni kattalashtirish, ovoz chiqarib oʻqish va boshqa funksiyalar). |
Kompleks chora-tadbirlar |
2023-yil fevral |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
50. |
Joriy etilgan xizmatlarni sinovdan oʻtkazish imkoniyatini yaratish, bunda: YIDXPda “xizmatlarni test qilish” boʻlimi yaratiladi hamda yangi ishga tushirilayotgan elektron davlat xizmatlari foydalanuvchilar tomonidan test rejimida sinovdan oʻtkaziladi va takliflar kiritiladi; |
Kompleks chora-tadbirlar |
2023-yil fevral |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
arizachilar va xizmat koʻrsatuvchilar bilan qayta aloqa yoʻlga qoʻyiladi, taklif va eʼtirozlar koʻrib chiqiladi. |
doimiy |
|||
|
51. |
Ayrim faoliyat turlari bilan shugʻullanish huquqini beruvchi malaka sertifikatlarini berish hamda attestatsiyadan oʻtkazishning yagona axborot tizimini joriy qilish, bunda: |
Kompleks chora-tadbirlar |
2022-yil noyabr |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
axborot tizimini yaratish boʻyicha loyiha-texnik hujjatlar ishlab chiqiladi; axborot tizimi ishlab chiqiladi va unga malaka sertifikatlarini berish hamda attestatsiyadan oʻtkazish vakolatiga ega boʻlgan vazirlik va idoralar (tegishli axborot tizimi boʻlmagan) belgilangan tartibda ulanadi; |
2022-yil dekabr |
|||
|
axborot tizimi YIDXP bilan integratsiya qilinadi. |
2023-yil yanvar |
|||
|
52. |
Sogʻliqni saqlash vazirligining “Psixonevrologik kasallar hisobini yuritish” va “Narkologik kasallar hisobini yuritish” axborot tizimlari arxiv maʼlumotlarini toʻliq elektron koʻrinishga oʻtkazish (raqamlashtirish) choralarini koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil noyabr |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) |
|
53. |
“FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimini foydalanuvchilarga qulaylik yaratish, maʼlumot kiritish va qidirishni osonlashtirish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2022-yil dekabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
54. |
Davlat xizmatlarini koʻrsatishda ariza beruvchilarning “raqamli izi”ni joriy qilish orqali kelgusida talabgorlarga aynan bir xizmatni koʻrsatishda takroriy soʻrovnoma toʻldirish amaliyotidan voz kechish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2023-yil iyul |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
55. |
“Hujjatlar-telefonda” tamoyili asosida mobil ilova orqali davlat xizmatlarini koʻrsatishni rivojlantirish. Bunda, pensiya guvohnomasi, talabalik guvohnomasi, nogironligi boʻlgan shaxsning guvohnomasi kabi hujjatlarni, shu jumladan mobil ilovaga oʻtkazish va ularni QR-kod orqali ham identifikatsiyalashni yoʻlga qoʻyish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2022-yil dekabr |
Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi (A. Xaydarov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
56. |
Koʻrsatilgan davlat xizmatining natijasini ariza beruvchilarning ixtiyoriga asosan ularning ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalariga yoki messenjerlardagi maxsus botlar orqali yuborishni yoʻlga qoʻyish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-yil yanvar |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
57. |
Jismoniy va yuridik shaxslarga “PadES” xalqaro standarti talablariga mos keladigan “RSA” va “ECDSA” algoritmlarni tatbiq qilgan holda, elektron raqamli imzolarni taqdim etishni yoʻlga qoʻyish. Bunda, quyidagilar amalga oshiriladi: rivojlangan davlatlar tajribasi hamda xalqaro standartlarni oʻrganish; elektron raqamli imzolarda qoʻllash uchun xalqaro standart talablariga mos keladigan algoritmlarni ishlab chiqish; elektron raqamli imzoning xalqaro standartlarga mos shaklini ishlab chiqish; xorijdagi vatandoshlarga elektron raqamli imzolar orqali chet eldan turib elektron davlat xizmatidan foydalanish imkoniyatini yaratish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2023-yil yanvar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov) |
|
58. |
YIDXPning mobil ilovasi orqali koʻrsatiladigan kommunal soha, kadastr, soliq, bojxona, pensiya va bandlikka oid davlat xizmatlari sonini 100 taga yetkazish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2023-yil fevral |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
59. |
Davlat organlari oʻrtasida maʼlumot almashinuvini bosqichma-bosqich faqat “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali amalga oshirish. Bunda, boshqa axborot tizimlari orqali maʼlumot almashinayotgan holatlar aniqlanib, mazkur idoralar “Elektron hukumat” tizimiga integratsiya qilinadi. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2023-yil mart |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
60. |
Davlat organlarining maʼlumotlar bazalarini fuqarolarning imkoniyatlaridan foydalangan holda raqamlashtirish. Bunda, YIDXPda yoki vakolatli organning axborot tizimlari orqali jismoniy shaxslarning oʻzi tomonidan maʼlumotlar kiritilganda tegishli idora uni koʻrib chiqib, toʻgʻriligini tasdiqlaydi. Quyidagi maʼlumotlarni axborot tizimlariga fuqarolarning oʻzlari tomonidan kiritish imkoniyati yaratiladi: oliy taʼlim olganlik; oʻrta maxsus va professional taʼlim olganlik; uy-joyning kadastr maʼlumotlari; umumiy oʻrta taʼlim muassasasida oʻqiganlik haqidagi maʼlumotlar. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2023-yil aprel |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Kadastr agentligi (F. Pulatov) |
|
61. |
Tuman, viloyat va respublika kesimida foydalanuvchilarning Markazlar xizmatlaridan qanoatlanganligi boʻyicha umumiy indeksini aniqlash mexanizmini joriy etish. Bunda: Markazlar orqali koʻrsatilgan xizmatlarni baholash mezonlari ishlab chiqiladi; har bir Markaz koʻrsatgan xizmatlar samaradorligini baholash, axborot tizimlarida har bir hududning reyting natijalarini eʼlon qilib borish yoʻlga qoʻyiladi. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2023-yil iyul |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
62. |
Davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida yuzaga kelayotgan masalalar yuzasidan aholiga maslahat va tushuntirishlar berishda axborot kommunikatsiyalarini (chat, bot, ishonch telefoni va b.) keng joriy qilgan holda 24 soat davomida axborot berishni yoʻlga qoʻyish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2023-yil avgust |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
63. |
Markazlar joylashgan binolarda bosqichma-bosqich bepul Wi-Fi hududlar tashkil qilish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2023-yil sentabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
64. |
“E-qaror” elektron tizimini “FHDYning yagona elektron arxivi” elektron tizimiga integratsiya qilish hamda tuman (shahar) hokimlarining emansipatsiya boʻyicha qabul qilgan qarorlarini avtomatik ravishda FHDY organlariga yuborish imkoniyatini yaratish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2023-yil noyabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
65. |
Davlat xizmatlari yagona reyestridagi pullik asosda koʻrsatiladigan barcha xizmatlar boʻyicha toʻlovlarni elektron koʻrinishda amalga oshirish imkoniyatini yoʻlga qoʻyish. Bunda, toʻlovlar elektron koʻrinishda mavjud boʻlmagan davlat xizmatlarini aniqlanadi, ushbu xizmatlarni davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat boji, yigʻim va boshqa toʻlovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimiga ulash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. |
Kompleks chora-tadbirlar reja-grafik asosida |
2023-yil dekabr |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
66. |
Maʼlumotlarni boshqarish jarayonlarini joriy qilish, ularni himoya qilish, koʻrsatilgan davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi reyestrlarni raqamlashtirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2022-2023-yillar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
Bunda, davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organlarning davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi reyestrlari xatlovdan oʻtkaziladi. Xatlov natijalari boʻyicha raqamlashtirilishi kerak boʻlgan axborot bazalari hamda ularga masʼul ijrochilar belgilanadi. |
Reja-grafik asosida |
|||
|
67. |
Quyidagi davlat xizmatlaridan foydalanish mumkinligi haqida foydalanuvchilarning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga manzilli xabarnomalar yuborishni yoʻlga qoʻyish: har qanday faoliyatga taalluqli litsenziyalarni ularning muddati tugaganligi sababli yangilash bilan bogʻliq xabarnoma; yoʻl harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni chegirma bilan toʻlash mumkinligini qoidabuzarga maʼlum qilish bilan bogʻliq xabarnoma; oliy taʼlim muassasalariga qabul boʻladigan yilda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari bitiruvchilariga oʻqishga kirish uchun arizalarni qabul qilish bilan bogʻliq xabarnoma. |
Kompleks chora-tadbirlar reja-grafik asosida |
2022-2023-yillar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
68. |
Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Qonunini qayta koʻrib chiqish, bunda proaktiv davlat xizmatlarini koʻrsatish, Mobil-ID tizimini yuritish yuzasidan aniq tartibotlarni oʻrnatish hamda elektron hukumat loyihalarini barqaror moliyalashtirish manbalarini belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil avgust |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
IV. Davlat xizmatlarining yangi turlari va shakllarini joriy qilish, xizmatlardan foydalanish qulayligini oshirish va koʻrsatilayotgan xizmatlarni ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish |
||||
|
69. |
Markazlarda oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va aholining davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish koʻnikmasini oshirib borish choralarini koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil avgust |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
70. |
Toshkent va Nukus shaharlari, viloyat markazlaridagi Markazlarda quyidagilarni amalga oshirish: eshitish va gapirish boʻyicha nuqsoni mavjud boʻlgan shaxslarga surdo-tarjimon xizmatlarini yoʻlga qoʻyish; davlat xizmatini koʻrsatish natijasidan norozi boʻlgan shaxslar va ogʻir ijtimoiy-iqtisodiy ahvolga tushgan shaxslarga ruhiy koʻmak va maslahat beruvchi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtiriladigan psixolog xizmatini yoʻlga qoʻyish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil oktabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
71. |
Davlat organlarining oʻz tashabbusi bilan fuqarolarga muayyan vaziyatda kerakli xizmatdan foydalanishni taklif qilishni nazarda tutuvchi proaktiv davlat xizmatlari koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish, bunda: |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov), Xalq banki (Sh. Otaboyev) |
|
|
fuqarolar tibbiy-ijtimoiy ekspertiza natijalari boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxs (bola) deb topilgandan keyin tegishli xulosalar asosida fuqarolarga nogironlik pensiyasini ularning qoʻshimcha murojaatlarisiz tayinlash; |
2022-yil noyabr |
|||
|
fuqaro vafot etgandan soʻng uning Xalq bankida jamgʻarib boriladigan pensiya tizimidagi mavjud mablagʻlarini olish boʻyicha vafot etgan fuqaroning yaqin qarindoshlariga xabarnoma yuborish; |
2022-yil dekabr |
|||
|
fuqarolarda yoshga doir pensiyalarni olish huquqi paydo boʻlgan vaqtdan boshlab ularning alohida murojaatlarisiz Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari tomonidan ularga yoshga doir pensiya tayinlash; |
2023-yil sentabr |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
||
|
fuqaroning ID-kartasi (pasporti), xorijga chiqish biometrik pasporti hamda haydovchilik guvohnomasining amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan ularni yangisiga almashtirish bilan bogʻliq xabarnomalar yuborishni yoʻlga qoʻyish. |
2023-yil oktabr |
|||
|
72. |
Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga yangi ulangan isteʼmolchilarga taʼminot shartnomasi bilan bir vaqtda abonentning shaxsiy raqamini taqdim etishni kompozit tarzda koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil noyabr |
Energetika vazirligi (A. Axmedxadjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
73. |
Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnomani arizachiga va bir vaqtda ushbu obyektning elektr, suv va gaz tarmoqlari boʻyicha maʼlumotlarini hamda texnik shartlarini yangilash uchun tegishli muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarga yuborish tartibini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil dekabr |
Qurilish vazirligi (B. Zokirov) |
|
74. |
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda har bir shaxs uchun yagona dalolatnoma yuritilishini yoʻlga qoʻyish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil dekabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
75. |
Jismoniy shaxslarga beriladigan identifikatsiya ID-kartasidan foydalanish infratuzilmasini rivojlantirish hamda davlat xizmatlarini koʻrsatishda uni identifikatsiya va verifikatsiya vositasi sifatida keng qoʻllash boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
Axborot-tahliliy maʼlumotnoma |
2022-yil dekabr |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Davlat personallashtirish markazi (U. Tashxodjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
76. |
Tugʻilishi qayd etilmagan va tugʻilganligi haqida tibbiy maʼlumotnomasi boʻlmagan shaxslarning tugʻilganligini soddalashtirilgan tartibda qayd qilish boʻyicha bir martalik aksiya oʻtkazish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil dekabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Davlat personallashtirish markazi (U. Tashxodjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
77. |
Markazlarda joriy qilingan xizmatlarni koʻrsatish uchun talab etiladigan vaqtga qarab ularni alohida toifa (yoʻlak)larga ajratgan holda xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-yil may |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
78. |
Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatishda inklyuziv muhitni yaratish choralarini koʻrish (panduslar oʻrnatish, nogironligi boʻlgan shaxs (bola)larga navbatsiz xizmat koʻrsatish). |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-2023-yillar |
Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
79. |
Markazlarda xizmat natijasini avtotransport vositasidan tushmagan holda tezkor olish imkonini beruvchi “DXM drive” xizmatini yoʻlga qoʻyish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-2023-yillar |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
80. |
“Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi tomonidan aholiga masofadan turib telefon aloqasi, videoqoʻngʻiroq orqali konsalting va ayrim turdagi davlat xizmatlarini koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2023-yil iyun |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
81. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi “vakolat.uz” platformasini ishga tushirish: davlat xizmati natijalarini olishga vakolat berish; ayrim davlat xizmatlarini olishga murojaat qilish uchun vakolat berish; yuridik shaxslar tomonidan uning vakolatli vakillariga vakolat berilishi; advokatlar bilan yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha shartnomalar tuzish hamda huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha vakolat berish; notariuslar tomonidan berilgan ishonchnomalarning amalda ekanligini tekshirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil avgust |
Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
82. |
Qoʻshimcha toʻlov evaziga tezlashtirilgan tartibda koʻrsatiladigan davlat xizmatlari turlarini koʻpaytirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2023-yil dekabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
V. Davlat xizmatlarini koʻrsatishda vakolatli idoralarning masʼuliyatini yanada oshirish, aholiga oʻz vaqtida xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlashning taʼsirchan mexanizmlarini ishlab chiqish |
||||
|
83. |
Davlat xizmatlarini koʻrsatishga vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish tartiblari (muddatlari, tartibotlari) buzilishi sabablarini tahlil qilish. Bunda, davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi tartib-taomillarni qayta koʻrib chiqqan holda, davlat xizmatining qulay shakllarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Doimiy |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
84. |
FHDY organi mudirligiga qoʻyiladigan talablarni qayta koʻrib chiqish. Bunda, adliya organlari va muassasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning FHDY sohasida tegishli ish stajini bir yilga qisqartirish hamda lavozim vazifalarini jiddiy buzganligi uchun ilgari adliya organlari va muassasalaridan boʻshatilgan, shuningdek, avvalgi ish faoliyatida jiddiy qonunbuzilishlariga yoʻl qoʻyganligi oʻz tasdigʻini topgan shaxslarning FHDY organi mudiri lavozimiga tayinlanishini cheklash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2022-yil avgust |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
85. |
Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartib-taomillarini maqbullashtirishda biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullarini (BPR) amaliyotda samarali qoʻllash boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari masʼul xodimlariga seminar-treninglar tashkil qilish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil iyun — sentabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
86. |
Davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquq va manfaatlari sudlar orqali himoya qilinishini kengaytirish. Bunda, fuqarolar tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatishga vakolatli idoralarning xatti-harakatlari ustidan maʼmuriy sudlarga beriladigan arizalardan undiriladigan davlat boji miqdorlari kamaytiriladi. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil avgust |
Oliy sud (K. Kamilov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
87. |
Davlat organlari hamda idoralarining oʻzini oʻzi boshqarish organlariga oʻtkazilgan, jamiyat hayotining turli yoʻnalishlaridagi maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirish borasidagi vazifa va funksiyalarini amalga oshirish tartiblarini takomillashtirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil dekabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
88. |
Davlat xizmatlari boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddatlarini qisqartirish uchun baʼzi funksiyalarni davlat organlari va davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi boshqa tashkilotlarning quyi va (yoki) yuqori turuvchi boʻlinmalariga oʻtkazish imkoniyatini oʻrganish. |
Axborot-tahliliy maʼlumotnoma |
2023-yil mart — oktabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
89. |
Davlat xizmatlarini tahlil qilgan holda davlat idoralari hamda tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan ayrim xizmatlarni xususiy sektorga oʻtkazish chora-tadbirlarini amalga oshirish, bunda quyidagi xizmatlarni bosqichma-bosqich xususiy sektorga oʻtkazish choralari koʻriladi: elektr, tabiiy gaz, suvni hisobga olish asboblarini plombalash; isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish uchun ruxsat berish; isteʼmolchi balansida boʻlgan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash qurilmalariga texnik xizmat koʻrsatish; suyultirilgan gaz ballonlarga reduktor oʻrnatish; jismoniy va yuridik shaxslarni sanitariya boʻyicha kurslarda oʻqitish, sanitariya madaniyatini oshirish va shaxsiy gigiyena qoidalariga oʻqitish; avtotransport vositalariga va qurilish mashinalariga yonilgʻi sarflash meʼyorlarini belgilash va tasdiqlash; avtotransport vositalari shinalarining yoʻl bosish meʼyorlarini belgilash va tasdiqlash; konteynerlarning texnik brutto massasini tasdiqlash; konteynerlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish; arab alifbosida yaratilgan turkiy, forsiy va arabcha hujjatlardagi matnlarni tarjima qilish va hujjatlardagi axborotlar boʻyicha annotatsiya maʼlumotlarni tayyorlab berish; eksport va import qilinayotgan karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya); kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil yanvar |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (S. Xolxoʻjayev), Savdo-sanoat palatasi (I. Djasimov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
VI. Oʻzbekistonning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilash va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish |
||||
|
90. |
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (SDGs) reytingida Oʻzbekiston oʻrnini yaxshilash. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2022-yil oktabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
91. |
Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorida (Worldwide Governance Indicators) doimiy ishtirok etish va unda Oʻzbekiston oʻrnini yaxshilash. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2022-yil noyabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
92. |
Elektron hukumatni rivojlantirish indeksida Oʻzbekiston oʻrnini yaxshilash. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2022-yil dekabr |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
93. |
Qoʻshni davlatlar bilan maʼlumotnomalar oʻzaro tan olinishi va xizmat koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-yil mart |
Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) |
|
94. |
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish boʻyicha Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Yevropa iqtisodiy hududi mamlakatlarida, shuningdek, Markaziy va Sharqiy Yevropaning barcha aloqador mamlakatlaridagi yagona tarmoqni tashkil etuvchi ENIC-NARIC axborot markazlarini taʼsis qilish uchun Yevropa mintaqasida oliy taʼlimga oid malakalarni tan olish toʻgʻrisidagi konvensiyaga (Lissabon, 1997-yil 11-aprel) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi maqsadga muvofiqligi masalasini ishlab chiqish. |
1. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan Konvensiyaga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligini “Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda oʻrganish. |
2023-yil may |
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Umumlashgan xulosani Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritish. |
2023-yil iyul |
|||
|
95. |
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” loyihasi boʻyicha hamkorlikning II fazasini amalga oshirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-yil dekabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
96. |
Davlat xizmatlari sohasida ilgʻor davlatlar bilan tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish yuzasidan xalqaro forum oʻtkazish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-yil |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
97. |
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni rivojlantirish boʻyicha xodimlar uchun xalqaro ekspertlar ishtirokida xorijiy amaliyot, seminar va oʻquv kurslarini tashkil etish ishlarini kengaytirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-2023-yillar |
Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
98. |
Davlat xizmatlari sohasida ilgʻor davlatlarning vakolatli organlari bilan ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-2023-yillar |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga
3-ILOVA
2022-yil 1-iyuldan ayrim talab va shartlari bekor qilinayotgan litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar
ROʻYXATI
|
T/r |
Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat nomi |
Bekor qilinayotgan talab va shartlar |
|
1. |
Tibbiy faoliyat uchun litsenziya |
Tibbiy faoliyat yoʻnalishida mobil ilovalardan foydalangan holda masofadan turib tibbiy konsultatsiya va koʻrikni tashkil etishda mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda tegishli boʻlgan binolar, xonalar, asbob-uskunalar va jihozlarning mavjud boʻlishi. |
|
2. |
Farmatsevtika faoliyati uchun litsenziya (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish yoʻnalishida) |
Narxi xaridor tomonidan toʻlangan dori vositalari va tibbiy buyumlar dorixonalardan olib xaridorlarga yetkazib berilganda yuridik shaxslarning shtatida farmatsevt boʻlishi lozimligi; aloqa vositalari orqali maslahat berilganda dori vositalari va tibbiy buyumlarni yetkazib berish uchun dorixona xodimi — farmatsevtik maʼlumotga ega mutaxassis boʻlishi. |
|
3. |
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziya |
Mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda tegishli boʻlgan binolar, xonalar, asbob-uskunalar va jihozlarning mavjud boʻlishi; xorijdan kelgan buyurtmalar boʻyicha milliy standart va talablarga rioya etilishi. |
|
4. |
Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasini roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasi |
Tovar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilishda naqd pul mablagʻlari hisobini yuritishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish yoʻnalishida turgʻun shoxobcha mavjudligi hamda naqd pul tushumi xizmat koʻrsatuvchi bank bilan inkassatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi shartnomaning mavjudligi. |
|
5. |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma |
Xorijda turib masofaviy (onlayn) shaklda faoliyat koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma olinishi. |
|
6. |
Zargarlik buyumlarini hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni sotish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnoma |
Zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni sotish faoliyati yoʻnalishida onlayn-doʻkon shaklidagi tadbirkorlik subyektlari uchun mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan binolar va inshootlarning mavjudligi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga
4-ILOVA
2022-yil 1-iyundan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydigan davlat xizmatlari
ROʻYXATI
1. Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma berish.
2. Bino va inshootlarning ijara shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish.
3. Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻgʻrisidagi kelishuvni davlat roʻyxatidan oʻtkazish.
4. Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish.
5. Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish.
6. Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun).
7. Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibda uy-joy qurish obyekti boʻlmagan obyekt uchun).
8. Manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etish.
9. Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish.
10. Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish.
11. Xorijiy davlatda umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish uchun ariza yuborish.
12. Xorijiy davlatda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish).
13. Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) yechish va oʻrnatishga ariza yuborish.
14. Sovuq suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) yechish va oʻrnatishga ariza yuborish.
15. Tabiiy gazni hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) yechish va oʻrnatishga ariza yuborish.
16. Issiq suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) yechish va oʻrnatishga ariza yuborish.
17. Gaz taʼminoti loyihasini hududiy gaz taʼminoti korxonasi bilan kelishish.
18. Tabiiy gazni hisobga olish uskunasini plombalash va gaz taʼminoti shartnomasini tuzish.
19. Elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish.
20. Issiqlik energiyasini hisobga olish uskunasini plombalash va issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzish.
21. Isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish uchun ruxsatnoma berish.
22. Issiqlik taʼminoti loyihasini issiqlik taʼminoti korxonasi bilan kelishish.
23. Quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun elektr taʼminoti loyihasini kelishish.
24. Issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish.
25. 1,2 MPa bosimdan yuqori boʻlmagan gaz tarmoqlariga ulanishga texnik shartlarni olish.
26. Suvni hisobga olish priborini plombalash, suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tuzish.
27. Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish.
28. Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish.
29. Ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish.
30. Narkologiya boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish.
31. Baholovchilarning malaka imtihonini oʻtkazish va ularga malaka sertifikatini berish.
32. Rieltorlarning malaka imtihonini oʻtkazish va ularga malaka sertifikatini berish.
33. Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish.
34. Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish.
35. Avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, avtomobil yoʻllari va koʻchalar boʻyida joylashgan AYOQS, AGTKS va AGQS stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash loyihalarini kelishish.
36. Gidrogeologik xulosa olish.
37. Hisoblangan ish haqi summalari toʻgʻrisidagi maʼlumot.
38. Harbiy roʻyxatga qoʻyish va undan chiqarish.
Izoh: davlat xizmatlaridan foydalanuvchiga faqat oʻziga tegishli maʼlumotlar taqdim qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga
5-ILOVA
“Elektron hukumat” doirasida aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan davlat xizmatlari toʻgʻrisida elektron xabardor qilish tizimiga davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini integratsiya qilish
JADVALI
|
T/r |
Xabarnoma turi |
Joriy etish muddati |
Masʼul vazirlik va idora |
|
1. |
Mavjud jarimalar toʻgʻrisida maʼlumot yuborish. |
2022-yil may |
Ichki ishlar vazirligi |
|
2. |
Kommunal toʻlovlar boʻyicha qarzdorliklar mavjudligi boʻyicha maʼlumot yuborish. |
2022-yil iyun |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi |
|
3. |
Avtomobilning sugʻurta polisi amal qilish muddati yakunlanishi toʻgʻrisida maʼlumot yuborish. |
2022-yil iyun |
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi |
|
4. |
Avtomobilni texnik koʻrikdan oʻtkazish vaqti toʻgʻrisida maʼlumot yuborish. |
2022-yil iyul |
Ichki ishlar vazirligi |
|
5. |
Gaz, issiq va sovuq suv hisoblagichlarini qiyoslashdan oʻtkazish muddati boʻyicha xabardor qilish. |
2022-yil iyul |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi |
|
6. |
Fuqarolik pasporti, identifikatsiyalovchi ID-karta va haydovchilik guvohnomasining amal qilish muddati yakunlanishi toʻgʻrisida xabardor qilish. |
2022-yil avgust |
Ichki ishlar vazirligi |
|
7. |
Elektron raqamli imzo kalitining muddati tugayotganligi toʻgʻrisida xabardor qilish. |
2022-yil avgust |
Davlat soliq qoʻmitasi |
|
8. |
Yakka tartibdagi tadbirkorlik guvohnomasining amal qilish muddati tugayotganligi toʻgʻrisida xabardor qilish. |
2022-yil sentabr |
Adliya vazirligi |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga
6-ILOVA
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish va koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini Yagona billing tizimiga bosqichma-bosqich integratsiya qilish
JADVALI
|
T/r |
Maʼmuriy jarimalar nomi |
Muddat |
Masʼul organlar |
|
1. |
Davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun maʼmuriy jarimalar. |
2022-yil iyun |
Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
2. |
Favqulodda vaziyatlar sohasida: yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganlik; aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha qonunchilik talablarini buzganlik uchun jarimalar. |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
|
3. |
Mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima. |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
|
4. |
Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xabar qilmaganlik, harbiy hisobdan oʻtish qoidalarini buzganlik uchun jarima. |
Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
|
5. |
Kon-geologiya sohasida: yer osti boyliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish talablarini buzganlik; yer osti boyliklarini geologik jihatdan oʻrganish ishlarini olib borish qoidalari va talablarini buzganlik; suv zaxiralarini muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun jarima. |
Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
|
6. |
Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzganlik uchun jarima. |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
|
7. |
Yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi jarimalar. |
Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
|
8. |
Jamoat tartibini saqlash sohasida: favqulodda holat tartibining talablarini buzganlik; favqulodda holat tartibi sharoitida jamoat tartibiga tajovuz qilganlik uchun jarima. |
Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
|
9. |
Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzganlik uchun jarima. |
Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
|
10. |
Harbiy sohada: Harbiy yoki muqobil xizmatdan boʻyin tovlaganlik; Harbiy hisob hujjatlarini qasddan yaroqsizlantirish yoki ularni beparvolik tufayli yoʻqotganlik uchun jarima. |
Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
|
11. |
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik sohasida: sanitariya-epidemiologik osoyishtalik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik; sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzganlik; epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun jarima. |
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
|
12. |
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi organlari nazorati ostidagi obyektlarda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qaʼridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi hamda istirohat bogʻlari attraksionlaridan foydalanish borasidagi qonun hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzganlik uchun jarima. |
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
|
13. |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida: yer berish tartibini buzganlik; vaqtincha egallab turilgan yerlarni oʻz vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni oʻz oʻrnida foydalanish uchun yaroqli holga keltirmaslik. |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
|
14. |
Bojxona sohasida: bojxona nazorati zonasi rejimini buzish; bojxona chegarasini kesib oʻtganlik toʻgʻrisida yoki tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi toʻgʻrisida bojxona organiga xabar berish tartibini buzish; falokat yuz bergan yoki yengib boʻlmas kuch taʼsir etgan holda chora koʻrmaslik uchun jarima. |
2022-yil iyul |
Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
15. |
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida qoidalarni buzganlik uchun jarima. |
“Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
|
16. |
Soliq toʻlovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi toʻgʻrisida axborot taqdim etish tartibini buzganlik uchun jarima. |
Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
|
17. |
Texnik reglamentlarga yoki standartlarning majburiy talablariga rioya etmaslik va majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik uchun jarima. |
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
|
18. |
Kadastr sohasida: yerlardan xoʻjasizlarcha foydalanish yoki ularni yaroqsiz holga tushirish; xoʻjalik ichidagi yer tuzish loyihalaridan oʻzboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish; chegara va cheklov belgilarini yoʻq qilish yoki shikastlantirganlik uchun jarima. |
Kadastr agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
|
19. |
Ichimlik suv sohasida: ichimlik ehtiyojlari uchun suv quduqlari qazishning belgilangan qoidalarini va texnologiyasini buzish; ichimlik suv olishning belgilangan limitlarini buzish; ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlaridan foydalanish qoidalarini buzish; vodoprovod tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish va ichimlik suv taʼminoti vodoprovodidan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish; uy-joylarni, jamoat, ishlab chiqarish obyektlarini va boshqa obyektlarni kanalizatsiya tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulab olganlik uchun jarima. |
Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
|
20. |
Monopoliyaga qarshi kurashish sohasida: raqobat, tabiiy monopoliyalar va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish; isteʼmolchilarning huquqlari buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarni bajarishdan boʻyin tovlash, oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmaslik; tayyorlovchining tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlashi, ularni oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun jarima. |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
|
21. |
Davlat statistik hisobotlarini taqdim etish tartibini buzganlik uchun jarima. |
Davlat statistika qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga
7-ILOVA
2022 — 2026-yillarda davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini jadal rivojlantirishning
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI (INDIKATORLARI)
|
T/r |
Maqsadli koʻrsatkichlar |
Oʻlchov birligi |
Yillik koʻrsatkichlar |
|||||
|
Joriy holat |
2022-yil |
2023-yil |
2024-yil |
2025-yil |
2026-yil |
|||
|
1. |
Koʻrsatiladigan davlat xizmatlari soni |
soni |
14 mln |
16 mln |
19 mln |
20 mln |
21 mln |
22 mln |
|
2. |
Elektron shaklda koʻrsatiladigan davlat xizmatlari ulushi* |
% |
30 |
35 |
40 |
50 |
60 |
70 |
|
3. |
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar soni |
soni |
172 |
200 |
225 |
250 |
275 |
300 |
|
4. |
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladigan xizmatlar soni* |
soni |
300 |
340 |
380 |
400 |
430 |
450 |
|
5. |
“Litsenziya” axborot tizimi orqali koʻrsatiladigan xizmatlar soni |
soni |
17 000 |
20 000 |
25 000 |
28 000 |
30 000 |
35 000 |
|
6. |
Nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlarida qulay muhit yaratish |
markazlar soni |
2 |
10 |
15 |
20 |
25 |
30 |
|
7. |
Mobil ilova orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari soni* |
soni |
60 |
100 |
130 |
180 |
200 |
250 |
|
8. |
Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartib-taomillarini biznes jarayonlarini reinjiniring qilish (BPR) usullarini qoʻllagan holda optimallashtirish |
soni |
100 |
110 |
115 |
120 |
125 |
130 |
|
9. |
Davlat xizmatlari markazlarida bepul Wi-Fi hududlar tashkil qilish |
soni |
0 |
14 |
30 |
40 |
50 |
60 |
|
10. |
Har bir davlat xizmatining muhimligi, foydalanish doirasi hamda muammolarini ilmiy tahlil qilish |
soni |
5 |
10 |
20 |
25 |
30 |
35 |
Izoh:
2 — 4, 6, 7 — 9-bandlardagi maqsadli koʻrsatkichlar yildan-yilga qoʻshilib boradi (oʻsib boruvchi);
* 2, 4, 7-bandlardagi maqsadli koʻrsatkichlarga erishishga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi masʼul hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga
8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-apreldagi “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5409-son Farmoni 1-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining” soʻzlari “Adliya vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-maydagi “Navoiy viloyatini innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5719-son Farmoni 11-bandining sakkizinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoni bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasining 1-bandida:
sakkizinchi xatboshidagi “davlat xizmatlari agentligi,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oʻn uchinchi xatboshidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvardagi “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5930-son Farmonida:
a) 1, 11 va 12-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 3-banddagi “Agentlikka” soʻzi “Adliya vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 9-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Agentlik,” soʻzi chiqarib tashlansin;
g) 10-banddagi “Agentlikning” soʻzi “Adliya vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 14-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi” soʻzlari “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Agentlikda” soʻzi “davlat xizmatlari markazlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 18-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov — mahallalarning ehtiyojini, aholi soni va markazlardan uzoqligini inobatga olgan holda ularda filiallar tashkil etilishi va keyinchalik faoliyat yuritishi, ularning yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishi, Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi uzluksiz ishlashi va doimiy takomillashtirib borilishi, Vazirlik tizimi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy standartlari joriy etilishini taʼminlasin”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5938-son Farmonining 23-bandidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5997-son Farmonida:
9-bandning “a” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
3-ilovaning 43-pozitsiyasi “Maqsadli koʻrsatkichlar” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari “Davlat xizmatlari markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-ilovaning 9 va 11-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-6012-son Farmoniga 2-ilovaning 30-pozitsiyasi “Muddati” ustunidagi “2022-yil” soʻzlari “2023-yil” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6079-son Farmoniga 15-ilovaning 43-pozitsiyasi “Ijrochilar” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi (U. Muhammadiyev)” soʻzlari “Adliya vazirligi “R. Davletov” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6191-son Farmonida:
a) 1-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat xizmatlari markazlari orqali xizmatlardan foydalanishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ortiqcha toʻlangan toʻlovlar, shuningdek, davlat xizmatini tezlashtirilgan tartibda koʻrsatish uchun qoʻshimcha toʻlangan yigʻimlar summasi (tezlashtirilgan tartibda koʻrsatilmagan taqdirda) soddalashtirilgan tartibda Adliya vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bir ish kuni ichida qaytariladi. Bunda qaytarib berilgan mablagʻlar Vazirlik tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan regress tartibida undirib olinadi”;
b) 7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlik” soʻzi “Davlat xizmatlari markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 8-bandning toʻqqizinchi xatboshisidagi “Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 9-bandning uchinchi xatboshisidagi “Agentlik” soʻzi “Adliya vazirligi” soʻzi bilan almashtirilsin;
d) 13-bandning birinchi xatboshisidagi “, adliya vaziri R.K. Davletov hamda Davlat xizmatlari agentligi direktori U.I. Muxammadiyev” soʻzlari “hamda adliya vaziri R.K. Davletov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 1-ilovaning 18-pozitsiyasi “Maʼlumot va hujjatlarni berish uchun masʼul vakolatli organlar” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6199-son Farmoni 11-bandining birinchi xatboshisidagi “Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi “Kino sanʼati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6202-son Farmoni 14-bandining birinchi xatboshisidan “Intellektual mulk agentligi,” soʻzlari chiqarib tashlansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6207-son Farmoniga 3-ilovaning 8-pozitsiyasi “Amalga oshirish mexanizmi” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6218-son Farmoniga 5-ilovaning 15-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-6252-son Farmoniga 4-ilovaning 22 — 25-pozitsiyalari “Maʼlumotlarni taqdim etadigan tashkilotlar” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 132-pozitsiyasi “Amalga oshirish mexanizmlari” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-3454-son qaroriga 21-ilovaga izohning 2-bandidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-apreldagi “Davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3662-son qarorida:
2-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Agentlik” soʻzi “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Agentlik budjetdan tashqari jamgʻarmasi” soʻzlari “Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi va 13-bandning birinchi xatboshisidagi “Agentlik” soʻzi “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23-banddagi “Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi” soʻzlari “Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari huzuridagi Davlat xizmatlari markazlari binolarining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurilishini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3701-son qarorida:
a) 2-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Agentlikning” soʻzi “Adliya vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Agentlik” soʻzi “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Adliya vazirligiga Xalq qabulxonalari binolaridagi foydalanilmayotgan xonalarni ijaraga berish toʻgʻrisida ikki tomonlama shartnomalarni mustaqil ravishda kelib tushayotgan mablagʻlarni keyinchalik Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobvaragʻiga oʻtkazgan holda tuzish huquqi berilsin”;
b) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlik” soʻzi “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-bandning oltinchi xatboshisidan “Agentlikning,” soʻzi chiqarib tashlansin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-maydagi “Nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3741-son qaroriga 1-ilovaning 5-pozitsiyasi “Maʼlumotlar beruvchi vakolatli idora” ustunidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3946-son qarorining 10-bandi “a” kichik bandidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining” soʻzlari “Adliya vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-fevraldagi “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida”gi PQ-4193-son qarorida:
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yagona portal orqali koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari uchun davlat bojlari va yigʻimlarning Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan qismi 20 foizdan 10 foizga kamaytiriladi va boʻshaydigan mablagʻlar qolgan oluvchilar orasida mutanosib ravishda taqsimlanadi”;
b) 2-banddagi “Agentlikka” soʻzi “Vazirlikka” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlik” soʻzi “Vazirlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 7-banddagi “Agentlikka” va “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” soʻzlari tegishincha “Vazirlikka” va “oʻzi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 8-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Agentlikni” soʻzi “Vazirlikni” soʻzi bilan almashtirilsin;
e) 9-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
j) 13-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
z) 3-ilovaga izohning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4235-son qaroriga 2-ilovaning 7-pozitsiyasi “Maʼlumotlarni shakllantirish uchun masʼul organ” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-apreldagi “Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqalʼa tumanini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4671-son qarorining 10-bandi “b” kichik bandidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi PQ-4702-son qarori bilan tasdiqlangan Reyting koʻrsatkichlari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
2-ilovaning 29, 30 va 32-pozitsiyalari “Masʼul organ*” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2a-ilovaning 14-pozitsiyasi “Masʼul organ*” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-ilovaning 38 — 40 va 42-pozitsiyalari “Masʼul organ*” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3a-ilovaning 14-pozitsiyasi “Masʼul organ*” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-maydagi PQ-4732-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi toʻqqizinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining” soʻzlari “Adliya vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4913-son qarorida:
a) 6-bandda:
toʻrtinchi xatboshidagi “Davlat xizmatlari agentligining” soʻzlari “Adliya vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 5-pozitsiyasi “Amalga oshirish mexanizmlari” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligining” va “Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari tegishincha “Adliya vazirligining” va “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 14-dekabrdagi “Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4921-son qarorining 6-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, pochta aloqasi xizmati haqi koʻrsatilgan davlat xizmatlari uchun toʻlanadigan davlat bojlari, yigʻimlari va barcha turdagi toʻlovlar summasining 10 foizi miqdorida belgilanadi va Adliya vazirligi tomonidan mablagʻlarning oʻziga yoʻnaltiriladigan qismi hisobidan toʻlab beriladi”.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi PQ-4951-son qarori bilan tasdiqlangan Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
2-ilovaning 1.2. va 7.2. pozitsiyalari “Maʼlumotlarni shakllantirish va kiritishga masʼul idora va tashkilotlar” ustunidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-ilovaning 1.2. pozitsiyasi “Masʼullar” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmasi boshligʻi” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4965-son qaroriga 1-ilovaning 2-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2021-yil 10-iyun” soʻzlari “2022-yil may” soʻzlari bilan almashtirilsin.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-avgustdagi “Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻrtasida taʼlim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5241-son qaroriga 2-ilovaning 104-pozitsiyasi “Amaliyot oʻtash va kelgusida ishga joylashtirish uchun kelishuv asosida biriktirilgan korxona va tashkilotlar” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi” soʻzlari “Samarqand viloyat adliya boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-oktabrdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5263-son qaroriga 2-ilovaning 10-pozitsiyasi “Ijro uchun masʼullar” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Ishni sudga qadar yuritishda yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-105-son qaroriga 2-ilovaning 5-pozitsiyasida:
“Tadbir nomi” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligining” soʻzlari “Adliya vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
33. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-168-son qaroriga 2-ilovaning 1233-pozitsiyasida:
“Balansda saqlovchi (Mulkdor nomi)” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi” soʻzlari “Toshkent viloyat adliya boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Yuqori turuvchi organ yoki tashkilot” ustunidagi “Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga
9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish, shuningdek, ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5159-son Farmoniga 1-ilovaning 6 va 13-bandlari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, baʼzilarini esa oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5187-son Farmoniga 1-ilovaning 19-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5209-son Farmoniga ilovaning 2 va 3-bandlari.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3430-son qarorining 1 — 3 va 5-bandlari, shuningdek qarorga 1 — 3-ilovalar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
