YOSHLAR — KELAJAGIMIZ BUNYODKORLARI!
2026-11-19 14:00:00 / Yangiliklar

🇺🇿 YOSHLAR — KELAJAGIMIZ BUNYODKORLARI!
Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Paxtakor tumanida tuman prokuraturasi hamkorligida yoshlar bilan mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda qonun ustuvorligi, adolat, huquqiy madaniyat va qonunlarga hurmat mavzularida suhbat o‘tkazildi.
Shuningdek, “Men prokuraturani qanday tasavvur qilaman?” mavzusidagi insholar va rasmlar tanlovi g‘oliblari munosib taqdirlandi.
🇺🇿 Yoshlarning huquqiy bilimi, ijodiy salohiyati va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash — kelajak taraqqiyotining muhim omilidir!









