PAXTAKOR YOSHLARI — RESPUBLIKA OLIMPIADASIDA YUKSAK NATIJALAR!
2026-11-07 09:00:00 / Yangiliklar

🏆 PAXTAKOR YOSHLARI — RESPUBLIKA OLIMPIADASIDA YUKSAK NATIJALAR!
Paxtakor tumani o‘quvchilari Prezident olimpiadasining respublika bosqichida munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdi.
Musobaqada tumanimizdan jami 8 nafar o‘quvchi qatnashib, quyidagi natijalarni qayd etdi:
🥇 Xayrullayev Jasur — boks (46 kg), 1-o‘rin.
🥈 Mallayev Nurmuhammad — boks (43 kg), 2-o‘rin.
🥉 Saydazimova Dinara — badminton, 3-o‘rin.
🏐 Sohil voleyboli qizlar jamoasi — 4-o‘rin.
Shuningdek, voleybol bahslarida Jumaboyev Otabek, Sunnatov Behruz va Nabiyeva Imona hamda yana bir nafar o‘quvchimiz respublika bosqichida ishtirok etdi.
Tuman hokimi X. Abduvoxidov yoshlarimizning yutuqlarini e’tirof etib, ularni samimiy tabrikladi.
👏 O‘quvchilarimiz, ustoz va murabbiylarni muborakbod etamiz! Yangi zafarlar bardavom bo‘lsin!








