❄️ IS GAZIDAN ZAHARLANISHNING OLDINI OLISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
2026-11-02 11:00:00 / Yangiliklar

❄️ IS GAZIDAN ZAHARLANISHNING OLDINI OLISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
Paxtakor tumani hokimi X. Abduvoxidov raisligida kuz-qish mavsumida is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i Ahadxon Isoqov hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlaridagi isitish tizimlari, gaz jihozlari, mo‘ri va shamollatish kanallarining holatini o‘rganish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Yakunida mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, profilaktika ishlarini manzilli tashkil etish va aholi xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Maqsad — kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish va is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish!






