SOHIL BO‘YI DAM OLISH MASKANIDA YANGI IMKONIYATLAR O‘RGANILDI
2026-11-02 10:00:00 / Yangiliklar

🌿 SOHIL BO‘YI DAM OLISH MASKANIDA YANGI IMKONIYATLAR O‘RGANILDI
Paxtakor tumani hokimi X. Abduvoxidov mutasaddilar ishtirokida Sohil bo‘yi aholi dam olish maskanida bo‘ldi.
O‘rganish davomida hududda aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun qulay sharoitlar yaratish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari sonini ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, hududning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va maskan infratuzilmasini yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.









