PAXTAKORDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA
2026-10-31 14:30:00 / Yangiliklar

❄️ PAXTAKORDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Paxtakor tumanida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida aholi xonadonlarida zarur yoqilg‘i zaxirasini yaratish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, xonadonlarda ko‘mir mahsulotlarini g‘amlash, qish mavsumida uzluksiz issiqlik ta’minotini yo‘lga qo‘yish hamda aholining ehtiyojlarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Asosiy maqsad — aholini qish mavsumiga tayyorlash va xonadonlarda qulay sharoit yaratish.









