YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
2026-10-29 12:30:00 / Yangiliklar

🇺🇿 YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
Jizzax viloyati prokurori B. Ibrohimov, Paxtakor tumani rahbarlari hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida tuman Moliya bo‘limining faollar zalida bir guruh yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
🤝 Ochiq muloqot davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari, ularni qiynayotgan masalalar hamda kelgusidagi rejalari tinglandi. Bildirilgan murojaat va takliflarning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli masalalar nazoratga olindi.
🏆 Tadbir yakunida yurtimiz bayrog‘ini xalqaro maydonlarda baland ko‘tarib, Vatanimiz sharafini munosib himoya qilayotgan hamda sportda faol ishtirok etayotgan yosh sportchilar taqdirlandi.
🇺🇿 Yoshlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish ishlari davom etadi.









