PAXTAKORDA KUZ-QISH MAVSUMIDA XAVFSIZLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
2026-10-28 12:30:00 / Yangiliklar

❄️ PAXTAKORDA KUZ-QISH MAVSUMIDA XAVFSIZLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Paxtakor tumani hokimligida tuman hokimi X. Abduvoxidov, Davlat xavfsizlik xizmati tuman bo‘limi rahbari J. Yodgarov, Respublika ishchi guruhi a’zosi Sh. Maksudov hamda tuman prokurori Sh. Salimov ishtirokida kuz-qish mavsumida aholi xavfsizligini ta’minlash, is gazidan zaharlanish va yong‘inlarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
🔹 Yig‘ilishda aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda boshqa binolarda foydalanilayotgan isitish pechlari, qozonlar va mo‘rilarning texnik holatini nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Isitish uskunalarining nosozligi, mo‘rilarning o‘z vaqtida tozalanmasligi, tutun chiqarish yo‘llarining tiqilib qolishi va xonalarda havo almashinuvining yetarli emasligi is gazidan zaharlanish xavfini oshirishi ta’kidlandi.
🔹 Mas’ullarga isitish tizimlarining mavsumga tayyorligini tekshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yong‘in va is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
🔹 Shuningdek, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish, fuqarolarga isitish moslamalaridan xavfsiz foydalanish qoidalarini yetkazish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish zarurligi qayd etildi.
⚠️ Xavfsizlik — har birimizning mas’uliyatimiz! Isitish uskunalarini soz holatda saqlang, mo‘rilarni muntazam tozalang va xonalarda havo almashinuvini ta’minlang.
#Paxtakor #KuzQishMavsumi #Xavfsizlik #IsGazidanZaharlanish




