Baraka kartasiga qanday ijtimoiy to’lovlar o’tkazilmoqda? ⠀
2026-10-28 09:00:00 / Yangiliklar

Baraka kartasiga qanday ijtimoiy to’lovlar o’tkazilmoqda?
⠀
💳 Hozirgi kunda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Baraka ijtimoiy kartalariga asosan quyidagi nafaqa va to’lovlar o’tkazilmoqda:
⠀
• Ijtimoiy reyestrdagi oilalarga bolalar nafaqasi;
• Ijtimoiy reyestrdagi oilalarga moddiy yordam;
• Elektr energiyasi uchun kompensatsiya;
• Tabiiy gaz uchun kompensatsiya;
• Ko‘mir uchun kompensatsiya;
• Suyultirilgan gaz uchun kompensatsiya;
• Nogironlik nafaqasi;
• 18 yoshgacha bo’lgan nogironligi bor bolalarga nafaqa;
• Parvarishlash nafaqasi;
• 18 va undan katta yoshdagi chuqur darajadagi aqliy zaiflik tashxisi qo‘yilgan shaxslarning parvarishlayotgan vakilga parvarishlash nafaqasi;
• Boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi;
• Yakka yolg’iz shaxslarga moddiy yordam;
• Yoshga doir nafaqa;
• Oilaviy bolalar uylari uchun to’lovlar (ijtimoiy karta mavjud bo’lganda);
• Patronat oilalar uchun to’lovlar (ijtimoiy karta mavjud bo’lganda);
• Uy-joy kommunal xizmatlari uchun kompensatsiya;
• Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (kasallik nafaqasi);
• Homiladorlik va tug’ish nafaqasi
Ijtimoiy to'lov va nafaqalaringizni Baraka ilovasida boshqaring
⠀
Ilovani yuklab olish (https://barakakarta.onelink.me/b513/5hvxv58a)
⠀
📞 Ishonch raqami: 1070
🌐 Batafsil: baraka.gov.uz (https://baraka.gov.uz/ijtimoiy-sugurta/)
