PAXTAKORDA TANQIDIY-TAHLILIY YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
2026-10-27 09:00:00 / Yangiliklar

📊 PAXTAKORDA TANQIDIY-TAHLILIY YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
Paxtakor tumani hokimi X. Abduvohidov hamda tuman prokurori Sh. Salimov rahbarligida soliq bo‘limi xodimlari va hokim yordamchilari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🔹 Yig‘ilishda soliq tushumlarini o‘z vaqtida undirish, qo‘shimcha soliq manbalarini aniqlash hamda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalalari muhokama qilindi.
🔹 Faoliyatini to‘xtatgan 660 ta xo‘jalik yurituvchi subyektdan 88 tasining faoliyati tiklangani, 260 tasi esa reyestrdan chiqarilgani qayd etildi.
📌 Amalga oshirilgan ishlar natijalari qoniqarsiz baholanib, mas’ullarga oy yakuniga qadar ishlarni jadallashtirish, soliq tushumlarini ta’minlash va belgilangan vazifalarni to‘liq bajarish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.



