PAXTAKORDA “RAHBAR VA YOSHLAR” OCHIQ MULOQOTI O‘TKAZILDI
2026-10-26 16:00:00 / Yangiliklar

🤝 PAXTAKORDA “RAHBAR VA YOSHLAR” OCHIQ MULOQOTI O‘TKAZILDI
Paxtakor tumanida yoshlarning muammolarini o‘rganish, taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlash maqsadida “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti tashkil etildi.
Unda Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari D. Xudoyshukurov, viloyat DXX boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari O. Hakniyozov, tuman hokimi o‘rinbosari F. Qo‘ldoshev, mutasaddi rahbarlar va faol yoshlar ishtirok etdi.
📚 Dastlab ishtirokchilar 14-sonli musiqa va san’at maktabida tashkil etilgan kitoblar hamda rasmlar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar. Shuningdek, muvaffaqiyatga erishgan, jumladan, xorijda tahsil olayotgan yoshlar haqidagi videolavha namoyish etildi.
💬 Ochiq muloqotda zamonaviy kasblarni egallash, xorijiy tillarni o‘rganish, ta’lim olish va yoshlarga yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
✅ Yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ayrim masalalar joyida hal etildi. Qo‘shimcha vaqt va mablag‘ talab qiladigan murojaatlar tegishli mas’ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
🏆 Tadbir yakunida turli sohalarda yutuqlarga erishgan hamda tadbirkorlik faoliyati orqali boshqa yoshlar bandligiga hissa qo‘shayotgan yoshlarga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Yoshlar bilan ochiq muloqot — muammolarga yechim, tashabbuslarga ko‘mak va yangi imkoniyatlar sari muhim qadam!









