OSIYO PARA O‘YINLARI G‘OLIBLARI FAXR BILAN KUTIB OLINDI!
2026-10-26 15:00:00 / Yangiliklar

🇺🇿🏆 OSIYO PARA O‘YINLARI G‘OLIBLARI FAXR BILAN KUTIB OLINDI!
🥇 Xurshid Qodirovdan tarixiy natija — 3 ta oltin medal!
Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida o‘tkazilgan V Osiyo Para o‘yinlarida hamyurtimiz Xurshid Qodirov 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, yuksak natijaga erishdi! 🇺🇿👏
🎉 G‘olib va sovrindor sportchilarimiz Paxtakor tumani hokimi X. Abduvoxidov, tuman prokurori Sh. Salimov, Respublika ishchi guruhi a’zosi Sh. Maksudov, tuman mutasaddilari, mahalla faollari hamda yoshlar ishtirokida tantanali kutib olindi.
💐 Sportchilarimizning yutuqlari — yurtimiz faxri, yoshlarimiz uchun ilhom va ibrat manbai!
🇺🇿 G‘alabalaringiz bardavom bo‘lsin!








