Kuz-qish shtabi faoliyati o‘rganildi
2026-10-20 17:30:00 / Yangiliklar

#Paxtakor
❄️ Kuz-qish shtabi faoliyati o‘rganildi
Paxtakor tumani hokimi X. Abduvoxidov hamda tuman IIB boshlig‘i Y. Akaboyev tomonidan tumanda tashkil etilgan KUZ-QISH SHTAB faoliyati o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholini uzluksiz elektr energiyasi, tabiiy gaz va issiqlik bilan ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish hamda mas’ul xizmatlarning shaylik holatiga e’tibor qaratildi.
📌 Mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va shtab faoliyatini doimiy nazoratda saqlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


