PAXTAKORDA TA’LIM-TARBIYA MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
2026-10-14 17:00:00 / Yangiliklar

🔰 PAXTAKORDA TA’LIM-TARBIYA MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
📍 Paxtakor tumani moliya bo‘limida tuman hokimi o‘rinbosari F. Qo‘ldoshev, tuman prokurori Sh. Salimov, tuman IIB boshlig‘i Y. Akaboyev hamda soha mas’ullari ishtirokida tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
👥 Yig‘ilishda ta’lim sifati, o‘quvchilar davomatini nazorat qilish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
📊 Tumandagi 20 ta maktabda 13 725 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Maktabgacha ta’lim qamrovi 86,5 foizni tashkil etadi.
✅ Yakunda ta’lim sifatini oshirish, yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatni kuchaytirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.









