TUMAN PROKURORI TADBIRKORLAR MUAMMOLARINI MUHOKAMA QILINDI
2026-10-15 09:30:00 / Yangiliklar

🔰 TADBIRKORLAR MUAMMOLARI MUHOKAMA QILINDI
📍 Paxtakor tumani prokurori Sh.D. Salimov rahbarligida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini bartaraf etishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
👥 Unda soliq inspeksiyasi mas’ullari, mahallalardagi hokim yordamchilari, tuman hokimining mas’ul o‘rinbosarlari hamda bandlik bo‘limi rahbari ishtirok etdi.
📝 Yig‘ilishda faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan tadbirkorlik subyektlarini qayta tiklash, mavjud muammolarni hal etish hamda faoliyatini yakunlagan subyektlarni davlat reyestridan chiqarish masalalari muhokama qilindi.
✅ Yakunda mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.



