Davlat tiliga ehtirom — millatga ehtirom!
2026-10-14 11:30:00 / Yangiliklar

🇺🇿 ONA TILIM — MILLATIM FAXRI!
📚 Davlat tiliga ehtirom — millatga ehtirom!
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Paxtakor tuman bo‘linmasi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil etildi.
🎙️ Tadbirda o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari, ijodkorlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va boy madaniy merosimizni asrab-avaylashdagi o‘rni, uning sofligini saqlash va kelajak avlodga yetkazishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
✨ Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz, ma’naviy boyligimiz va bebaho qadriyatimizdir!
#OnaTilim #DavlatTili #MaNaviyat #Paxtakor


