⚖️ MAHALLA YETTILIGIGA METODIK YORDAM KO‘RSATILMOQDA
2026-10-14 09:30:00 / Yangiliklar

⚖️ MAHALLA YETTILIGIGA METODIK YORDAM KO‘RSATILMOQDA
📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoniga muvofiq, adliya organlari tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga qonunchilik hujjatlarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatib borilmoqda.
✅ Shu maqsadda Paxtakor tuman adliya bo‘limi tomonidan “Toshkent” mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” xodimlariga qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati sodda, tushunarli tilda yetkazildi.
📚 Shuningdek, mahallada yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishga ko‘maklashish maqsadida mahalla xodimlariga uslubiy qo‘llanmalar topshirildi.
🤝 Bunday tadbirlar mahalla xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish va aholiga sifatli huquqiy xizmat ko‘rsatishga xizmat qiladi.
#Paxtakor #Adliya #MahallaYettiligi #HuquqiySavodxonlik



