MINGCHINOR MAHALLASIDA BOLALAR MAYDONCHALARI VA WORKOUT HUDUDLARI O‘RGANILDI
2026-10-12 10:00:00 / Yangiliklar

🏗 MINGCHINOR MAHALLASIDA BOLALAR MAYDONCHALARI VA WORKOUT HUDUDLARI O‘RGANILDI
📍 Paxtakor tumani Mingchinor mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uylar atrofida barpo etilayotgan bolalar o‘yingohlari hamda workout maydonchalari mahalla faollari tomonidan o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, maydonchalarning holati va aholi, ayniqsa, bolalar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.
🌳 Mazkur maskanlar hudud obodligini ta’minlash, bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi va yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.




