OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
2026-10-10 16:30:00 / Yangiliklar

🌿 OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Paxtakor tumani Bog‘ishamol mahallasi hududidagi Qoramirza qabristonida mahalla faollari, fuqarolar va yoshlar ishtirokida tozalash hamda obodonlashtirish ishlari olib borildi.
🤝 Ezgu tashabbus orqali qabriston hududini ozoda saqlash, ajdodlar xotirasiga hurmat ko‘rsatish va yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga ehtirom tuyg‘usini mustahkamlashga e’tibor qaratildi.
Obodlik va ozodalik — barchamizning umumiy vazifamiz!









