TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
2026-10-10 16:00:00 / Yangiliklar

🤝 TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
Paxtakor tumanidagi 14-son musiqa maktabida Oqbuloq, Do‘stlik, Oltinko‘l va G‘alaba mahallalari tadbirkorlari hamda biznes boshlash istagidagi fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i B. Nurmuradov, Respublika ishchi guruhi a’zosi Sh. Maksudov va Adliya bo‘limi mas’ullari ishtirok etdi.
💬 Muloqotda tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish masalalari muhokama qilindi.
🏆 Shuningdek, faol tadbirkorlar rag‘batlantirildi.









