Paxtakor tuman adliya bo‘limi xodimlari ishtirokida ochiq dars o‘tkazildi.
2026-10-10 09:30:00 / Yangiliklar

⚖️ HUQUQ SINFIDA OCHIQ DARS
Paxtakor tumanidagi otaliqqa olingan 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining huquq sinfida tuman adliya bo‘limi xodimlari ishtirokida ochiq dars o‘tkazildi.
📚 Dars davomida o‘quvchilarga Konstitutsiyada belgilangan yoshlar huquqlari, ta’lim olish, mehnat qilish, so‘z va fikr erkinligi hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
📝 Ochiq muloqot, huquqiy viktorina va blits savol-javoblar orqali o‘quvchilarning huquqiy bilimlari mustahkamlandi.





