🔴 PAXTAKORDA AHOLI MUAMMOLARI VA TADBIRKORLIK TASHABBUSLARI O‘RGANILDI
2026-10-09 15:30:00 / Yangiliklar

🔴 PAXTAKORDA AHOLI MUAMMOLARI VA TADBIRKORLIK TASHABBUSLARI O‘RGANILDI
Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Zafar Azimov Abdumajidovich boshchiligidagi ishchi guruh Paxtakor tumanida aholi murojaatlari, tadbirkorlik loyihalari va yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlarini o‘rgandi.
📌 O‘rganishlar davomida:
🧵 Qarshiyeva Gulchiroy tikuvchilik faoliyatini kengaytirish uchun 500 mln so‘m kredit jalb etib, 20 ta yangi ish o‘rni yaratish rejasini bildirdi.
🐄 Ergashev Baxtiyor chorvachilikni rivojlantirish uchun 100 mln so‘m kredit olish yuzasidan murojaat qildi.
🛏 Ergasheva Ozoda ko‘rpa-yostiq tikish hunarmandchiligini kengaytirish uchun 100 mln so‘m kredit olish istagini bildirdi.
🏫 Anarboyeva Ozoda bank balansidagi binoda 100 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti ochish tashabbusini ilgari surdi.
🥒 Shuningdek, “Mirzacho‘l Agrostar” MCHJda eksportbop bodring yetishtirish jarayoni bilan tanishildi.
🤝 Ishchi guruh reyestrda turuvchi imkoniyati cheklangan fuqarolardan ham xabar olib, ularning yashash sharoitlari va ehtiyojlarini o‘rgandi.
✅ Maqsad — tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandlikni oshirish va aholi muammolariga amaliy yechim topish.









