PAXTAKORDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
2026-10-09 12:30:00 / Yangiliklar

📍 PAXTAKORDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Jizzax viloyati mahallalarida aholi muammolarini o‘rganish va hal etish reja-grafigi asosida Paxtakor tumanida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul Respublika ishchi guruhi a’zosi S. Xidirov hamda Jizzax viloyat sudi raisi o‘rinbosari T. Xaydarov tomonidan tuman Xalq qabulxonasi binosida o‘tkazildi.
Unda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.
🤝 Sayyor qabullarning asosiy maqsadi — fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ularning huquqiy manfaatlarini ta’minlash va mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashish.









