PAXTAKORDA TUTQICH BELBOG‘LARNI O‘RNATISH BO‘YICHA AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI
2026-10-09 10:30:00 / Yangiliklar

🌿 PAXTAKORDA TUTQICH BELBOG‘LARNI O‘RNATISH BO‘YICHA AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI
Paxtakor tumanida Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi xodimlari tomonidan “Dolzarb 15 kunlik” tadbirlari doirasida tutqich belbog‘larni o‘rnatish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda tutqich belbog‘larning ahamiyati, ularni to‘g‘ri o‘rnatish va qo‘llash tartibi hamda agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oshirish yuzasidan mutaxassislar tomonidan tavsiyalar berildi.
Shuningdek, zararli organizmlarni prognozlashtirish bo‘yicha mutaxassislar va inspektorlar ishtirokida qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararkunandalardan himoya qilish, ularning tarqalishining oldini olish hamda samarali kurash choralarini qo‘llash masalalari muhokama qilindi.
🎯 Maqsad — qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararli organizmlardan himoya qilish va fitosanitar barqarorlikni ta’minlash.




