Innovatsion rivojlanish agentligi boshqarma boshlig‘i Sanjar Berdiyev Paxtakor tumaniga tashrif buyurdi.
2026-10-08 12:30:00 / Yangiliklar

🌱 INNOVATSION LOYIHALAR VA YANGI IMKONIYATLAR
Innovatsion rivojlanish agentligi boshqarma boshlig‘i Sanjar Berdiyev Paxtakor tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida INNOmarkaz faoliyati, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda zamonaviy kasblarni rivojlantirish borasidagi ishlar bilan tanishildi.
🌿 Shuningdek, “Semurg” klasterida Hindiston seleksiyasiga oid paxta navini yetishtirish bo‘yicha olib borilayotgan tajriba ishlari o‘rganildi.
🍄 Tumandagi qo‘ziqorin yetishtirish loyihasi faoliyati ham ko‘zdan kechirilib, ushbu yo‘nalishni kengaytirish va yangi imkoniyatlardan foydalanish masalalari muhokama qilindi.
🔹 Innovatsiya — faqat texnologiya emas.
Bu mavjud imkoniyatlarga yangicha yondashuv va ularni amaliy natijaga aylantirish demakdir.





