Paxtakorda “Kelajak kasblari” tanlovi o‘tkazildi
2026-10-08 14:00:00 / Yangiliklar

🌟 YOSHLAR KUNI: “KELAJAK KASBLARI” TANLOVI
🚀 Yoshlar kuni munosabati bilan Yoshlar ishlari agentligi Paxtakor tumani bo‘limi hamda Paxtakor tumani hokimligi hamkorligida INNOmarkazda yoshlarning zamonaviy kasblarga qiziqishini oshirish, raqamli ko‘nikmalari va ijodiy salohiyatini namoyon etish maqsadida “Kelajak kasblari” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda yoshlar bugungi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy yo‘nalishlarda o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.
💻 Veb-sayt yaratish — qulay, sodda va zamonaviy veb-sayt ishlab chiqish bo‘yicha amaliy topshiriqlar bajarildi.
📱 Mobilografiya — videomateriallar asosida mazmunli va ta’sirchan videolar tayyorlanib, montaj, storytelling va kreativ yondashuv namoyish etildi.
🎨 Grafik dizayn — berilgan mavzu asosida zamonaviy vizual yechimlar ishlab chiqilib, kompozitsiya, tipografika va kreativ fikrlash qobiliyatlari sinovdan o‘tkazildi.
✨ Yoshlarning zamonaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishi — kelajakdagi yangi imkoniyatlar sari muhim qadam!



