PAXTAKOR TUMANIDA 18-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
2026-09-19 09:00:00 / Yangiliklar

❗️ PAXTAKOR TUMANIDA 18-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Jamila Bobonazarova, viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Nodira Karimova hamda tuman Kengashi deputatlari K. Mamanova va N. Sulaymonov “G‘alaba” mahallasidagi yangi 240 o‘rinli 18-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdilar.
📌 Tashrif davomida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni va muassasaning infratuzilmasi o‘rganildi.
✅ Bog‘cha mahalla aholisi uchun qulaylik yaratib, maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirishga xizmat qilmoqda.







