TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH — E’TIBOR MARKAZIDA
2026-09-17 09:00:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumani hokimi X. Abduvoxidov, O‘zbekiston Qahramoni A. Eshmatov, tuman prokurori Z. Ne’matov hamda tuman IIB boshlig‘i Y. Akaboyev Bog‘ishamol mahallasida tadbirkorlar faoliyatini o‘rgandi.
🔹 O‘rganish davomida tadbirkor O‘rolov Azizbek tomonidan yo‘lga qo‘yilgan nonvoychilik va tez tayyorlanadigan ovqatlanish shoxobchalari faoliyati ko‘zdan kechirildi.
📌 Tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, zamonaviylashtirish va qo‘shimcha kredit mablag‘larini jalb etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.




