Paxtakor tumanida “mahallabay” ixtisoslashuv loyihalari o‘rganildi
2026-09-14 17:00:00 / Yangiliklar

🌱Paxtakor tumanida “mahallabay” ixtisoslashuv loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.
🏡 Bog‘ishamol mahallasining Qoramirzo qo‘rg‘onida 100 ta xonadonning 8 gektar tomorqa yerida isitish tizimisiz issiqxonalar tashkil etilmoqda.
💧 Loyihani suv bilan ta’minlash maqsadida 8 km suv quvuri tortilib, 50 kVtlik quyosh paneli, 100 kVtlik transformator va 22 kVtlik aqlli suv nasosi o‘rnatildi.
📚 Shuningdek, mahalladagi kasb-hunar texnikumining 2 ta xonasida aholini tomorqachilikka o‘rgatish bo‘yicha “Tomorqa maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
🏡 Ayni paytda 20 nafar fuqaroga 25 sotix maydon uchun 420 mln so‘m kredit ajratilgan. Shuningdek, ijtimoiy reyestrdagi 25 nafar fuqaroga subsidiya asosida 1,5 sotixdan issiqxonalar tashkil etilmoqda.
🔄 Suv ta’minoti yo‘qligi sabab faoliyati to‘xtagan jami 10 sotixlik issiqxona ham qayta ishga tushirildi.
🍅 Issiqxonalarda yiliga 3 marotaba hosil olish rejalashtirilgan. Eksportbop pomidor navlari yetishtirilib, mahsulotlarni Rossiya va Qozog‘iston bozorlariga eksport qilish ko‘zda tutilgan.
📈 90 kunda hosilga kiruvchi pomidorning har bir sotixidan 1–1,5 tonnagacha hosil olish imkoniyati mavjud.
🐄 Shuningdek tumandagi “Suvonobod”, “Oltinko‘l” va “Paxtakor” mahallalariga AT “Xalq banki” tomonidan 3 mlrd so‘m kredit mablag‘i ajratilib, 34 nafar fuqaro 81 bosh naslli qoramol olib kelindi.
🤝 Mazkur loyiha aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish va xonadonlar daromadini oshirishga xizmat qiladi.






