Viloyat hokimi U. Mustafoyev raisligida Zoom platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazilmoqda
2026-09-14 09:00:00 / Yangiliklar

Paxta hosilini qisqa muddatlarda terib olish va kelgusi yil hosili uchun g‘alla ekishni tashkil etish masalalari muhokama qilinmoqda
Ayni vaqtda viloyat hokimi U. Mustafoyev raisligida Zoom platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazilmoqda.
📌 Yig‘ilishda Paxtakor tumani hokimi, O‘zbekiston qahramoni, tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i, fermer xo‘jaliklari raislari hamda fermerlar ishtirok etmoqda.
🌱 Unda paxta hosilini qisqa muddatlarda va sifatli terib olish, shuningdek, kelgusi yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini o‘z vaqtida ekish bo‘yicha vazifalar muhokama qilinmoqda.






