Nizoli oilalarni yarashtirish — muhim vazifa
2026-09-11 16:30:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumanida oilalarda sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantirish, nizoli vaziyatlarning oldini olish hamda oilalar mustahkamligini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Prokuratura, Ichki ishlar bo‘limi, Sud tizimi, Din ulamolari hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida nizoli oilalar o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va oilalarni yarashtirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.
Suhbatlar davomida oilaviy kelishmovchiliklarning kelib chiqish sabablari atroflicha tahlil qilinib, tomonlarga o‘zaro hurmat, sabr-toqat, murosa va farzandlar manfaatini ustuvor qo‘yish masalalarida tegishli tavsiyalar berildi.
Bunday hamkorlikdagi ishlar orqali oilalardagi nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, ajrimlarning oldini olish va oilalarda mehr-oqibat hamda totuvlik muhitini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.






