Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 31-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-09-11 12:30:00 / Yangiliklar

🏛 Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 31-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Sessiyada tumanda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholini muhofaza qilish, ichki yo‘llarni saqlash va ta’mirlash, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda “Ochiq budjet” loyihalarini moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.
📚 Shuningdek, maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga kirishi, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish bo‘yicha mas’ullarning axborotlari tinglandi.
✅ Kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi va vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.






