“G‘ayratli keksalar” shiori ostida mini-futbol musobaqasi
2026-09-09 14:30:00 / Yangiliklar

🏆 “G‘ayratli keksalar” — faxrli 3-o‘rin!
💪 Nuroniylar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ommaviy sportni rivojlantirish hamda jismoniy faollikni oshirish maqsadida “G‘ayratli keksalar” shiori ostida mini-futbol musobaqasi o‘tkazildi.
⚽️ Musobaqaning viloyat bosqichida Paxtakor tumani Bog‘ishamol MFY nuroniylar jamoasi faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
👏 Jamoamizni ushbu munosib natija bilan muborakbod etamiz!





