Paxtakor tumanida xorijda mehnat qilayotgan va ta’lim olayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi.
2026-09-03 17:30:00 / Yangiliklar

🇺🇿 Payshanba — Yoshlar kuni
🌐 Paxtakor tumanida xorijda mehnat qilayotgan va ta’lim olayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi.
💬 Videokonferensiyada 20 nafarga yaqin yosh ishtirok etib, ularning yashash va mehnat sharoitlari, muammolari hamda takliflari tinglandi.
🤝 Shuningdek, yoshlarga tumanda yaratilayotgan imkoniyatlar, yangi ish o‘rinlari va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar haqida ma’lumot berildi.
🇺🇿 Yoshlarni Vatanga qaytib, munosib daromad topishlari uchun zarur ko‘mak ko‘rsatilishi ta’kidlandi.






