KO‘P QAVATLI UYLARDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
2026-09-04 10:30:00 / Yangiliklar

🏗 Paxtakor tumanida 2026-yil yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli uylarda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tuman hokimi o‘rinbosari F. Kubayev tanishdi.
🔹 O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, obyektlarning belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi hamda bajarilayotgan ishlarning sifati ko‘zdan kechirildi.
📌 Mas’ullarga qurilish ishlarini jadallashtirish, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etish va sifatni ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.







