Inson qadri va yangi imkoniyatlar: afv etilgan fuqaro bilan ochiq muloqot
2026-08-28 16:00:00 / Yangiliklar

🇺🇿 Inson qadri va yangi imkoniyatlar: afv etilgan fuqaro bilan ochiq muloqot
Paxtakor tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-avgustdagi PF-173-sonli Farmoniga muvofiq afv etilgan fuqaro bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
📍 Oqbuloq QFYda yashovchi afv etilgan fuqaro **X.B.X.**ning xonadoniga borilib, uning yashash sharoiti o‘rganildi hamda oila a’zolari bilan suhbatlashildi.
🤝 Shuningdek, fuqaro Paxtakor tumani IIB boshlig‘i, polkovnik Y.N. Akaboyev bilan uchrashtirilib, mavjud muammolari va ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan ochiq suhbat o‘tkazildi.
💼 Fuqaroning bandligini ta’minlash maqsadida Oqbuloq QFY hokim yordamchisi bilan tegishli suhbat tashkil etilib, mavjud imkoniyatlar muhokama qilindi.
🏥 Bundan tashqari, fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Bunday ochiq muloqot va amaliy ko‘maklar insonning jamiyatga qayta moslashuvi, bandligini ta’minlash hamda munosib hayot kechirishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
Inson qadri — e’tiborda, yangi imkoniyatlar — amalda!







