MUSTAQILLIK ARAFASIDA PAXTAKORDA YANA BIR ZAMONAVIY TA’LIM MASKANI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2026-08-28 12:30:00 / Yangiliklar

🎓 Paxtakor tumanining Oqbulok mahallasi, Paxtachi qishlog‘i hududidagi 18-sonli umumta’lim maktabi zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanib, o‘quvchilar ixtiyoriga topshirildi.
Paxtakor tumani hokimi X. Abduvoxidov, tuman prokurori X. Gaziyev, maktab direktorlari, mahalla faollari, nuroniylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
📚 Zamonaviy sharoit va zarur jihozlar bilan ta’minlangan ta’lim maskani o‘quvchilarning puxta bilim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi hamda kelajakdagi ezgu maqsadlari sari dadil qadam tashlashiga xizmat qiladi.
✨ Yangi ta’lim maskani — yangi imkoniyatlar va porloq kelajak sari muhim qadam!









