Paxtakor tumanida Mustaqilligimizning 35 yilligi oldidan yangi ijtimoiy obyektlar foydalanishga topshirildi
2026-08-26 16:00:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumanida Mustaqilligimizning 35 yilligi oldidan yangi ijtimoiy obyektlar foydalanishga topshirildi
Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami oldidan Paxtakor tumanida aholining maroqli dam olishi va farovon hayot kechirishi uchun muhim obyektlar foydalanishga topshirildi.
🌿 Jumladan, “Sohil bo‘yi” aholi dam olish maskani zamonaviy qiyofada foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, hududda aholiga qulaylik yaratish maqsadida 20 ga yaqin ijtimoiy xizmat ko‘rsatish obyektlari ham ish boshladi.
Mazkur bunyodkorlik ishlari aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularga qulay shart-sharoit yaratish hamda hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
✨ Obod maskanlar — xalq farovonligi va munosib hayot ifodasi!









