MUNOSABAT
2026-08-03 08:30:00 / Yangiliklar

📌 Fuqaroning murojaati o‘rganildi
Paxtakor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro D. Rajabovaning davlat ehtiyojlari uchun buzilgan uyi o‘rniga 8 yildan buyon kompensatsiya to‘lanmayotgani va yangi boshpana ajratilmayotgani haqidagi murojaati tuman ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida fuqaro D. Rajabovaga 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-apreldagi 285-son qarori asosida Olmazor mahalla fuqarolar yig‘inidan 2 sotix yer maydoniga ega, namunaviy loyihalar asosida qurilgan kottej tipidagi uy-joy berilgani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, fuqaro mazkur uy-joydan foydalanmasdan, uni sotib yuborgani aniqlandi.
🤝 Ayni paytda fuqaro D. Rajabovaga Samarqand mahallasi “yettiligi” tomonidan amaliy ko‘maklar ko‘rsatib kelinmoqda.
Murojaat yuzasidan fuqaroning ijtimoiy holati va mavjud muammolarini o‘rganish hamda qonunchilik doirasida tegishli choralar ko‘rish ishlari davom ettirilmoqda.



