“G‘alaba” MFYdagi yo‘l muammosi o‘rganildi
2026-08-06 08:30:00 / Yangiliklar

🚧Paxtakor tumani “G‘alaba” MFY, Oltinsoy ko‘chasidagi yo‘lning ta’mirga muhtojligi haqida tarqalgan xabar tuman ishchi guruhi tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida ko‘chadagi yo‘l holati ko‘zdan kechirilib, fuqarolar bilan suhbat o‘tkazildi.
🛣 Mavjud muammoni bartaraf etish maqsadida fuqarolarga yo‘lni ta’mirlash ishlarini “Tashabbusli budjet” loyihasi orqali amalga oshirish imkoniyati tushuntirildi.
🤝 Shuningdek, fuqarolarga loyiha doirasida faol ishtirok etish va tashabbusni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
#Paxtakor #G‘alabaMFY #TashabbusliBudjet #Yo‘lMuammosi #Murojaat
