Paxtakorda qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilmoqda
2026-04-21 11:30:00 / Yangiliklar

Paxtakorda qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilmoqda
Paxtakor tumanida g‘alla maydonlarida zamonaviy usulda — dronlar yordamida agrotexnik ishlov berish jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Tuman hokimi X.Abduvoxidov hamda O‘zbekiston Qahramoni A.Eshmatov tashabbusi bilan ilg‘or texnologiyalar joriy etilib, samaradorlikni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🚜 “Anvar-A” fermer xo‘jaligida 120 gektar maydonda yetishtirilgan g‘allada dronlar orqali zararkunandalarga qarshi ishlov berish (agregat) ishlari olib borilmoqda.
Mazkur yondashuv mehnat unumdorligini oshirish, resurslarni tejash hamda hosildorlikni yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.








