Paxtakor tumanida xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Ayollar sport olimpiadasi”
2026-04-18 15:30:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumanida xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Ayollar sport olimpiadasi” tanlovi haqiqiy sport bayrami ruhida, ko‘tarinki kayfiyat va yuqori saviyada tashkil etilib, muvaffaqiyatli yakuniga yetdi.
Mazkur tadbir xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning jismoniy faolligini oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish hamda ijtimoiy hayotdagi faolligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Har bir chiqish tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi.
“Ayollar sport olimpiadasi” nafaqat sport musobaqasi, balki do‘stlik, hamjihatlik va ijobiy kayfiyat bayramiga aylandi. Ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, yangi do‘stlar orttirishdi va kelgusida yanada katta yutuqlarga erishish uchun ilhom oldilar.
Bu kabi tadbirlar esa yurtimizda xotin-qizlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin ifodasidir.






