Paxtakor tumanida yoshlar bandligi masalasida yig'ilish tashkil etildi
2026-08-13 18:00:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumanida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning muammolarini o‘rganish va xorijda mehnat qilayotgan yoshlarni yurtimizga qaytarish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish tuman hokimi X. Abduvoxidov, tuman prokurori X. Gaziyev hamda tuman IIB boshlig‘i Y. Akaboyev boshchiligida tashkil etildi.
Unda tuman tashkilotlari mas’ullari, mahallalardagi hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.
📌 Yig‘ilishda yoshlarni ish bilan ta’minlash, xorijdagi yoshlarni qaytarish, ularni kasb-hunarga o‘rgatish hamda munosib daromad manbalarini yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Yoshlar bandligi — doimiy e’tiborda! 🇺🇿









