Paxtakor tumanida tomorqachilikda xorijiy tajriba va zamonaviy agrotexnologiyalar joriy etilmoqda
2026-08-13 12:00:00 / Yangiliklar

🌱 Paxtakor tumani Bog‘ishamol mahallasi Qoramirza qishlog‘ida tomorqa yerlaridan samarali foydalanish borasida yana bir muhim loyiha — “100 xonadonga 100 issiqxona” loyihasi amaliyotga joriy etilgan.
Mazkur issiqxonalar zamonaviy talablar va Yevropa standartlari asosida faoliyat yuritib, xonadonlarning daromad manbalarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
🌿 “Ekinlar salomatligi — birinchi o‘rinda”
Tuman hokimi Xusan Abduvoxidov Bo‘ltakovich tashabbusi bilan BMT FAO loyihasi — “Xavfli kimyoviy moddalarni samarali boshqarish uchun texnik ko‘maklashish” doirasida Qoramirza qishlog‘idagi issiqxona egalari uchun seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda loyiha koordinatori, milliy mutaxassis Xayrullo Esonov hamda loyiha milliy mutaxassisi Abdurashid Halimov trener sifatida ishtirok etdi.
📚 Seminar-trening mavzusi — “Ekinlar salomatligi — birinchi o‘rinda”.
Tadbir davomida Xayrullo Esonov tomonidan issiqxonalarda sabzavot ekinlarini parvarishlashda samarali agrotexnologiyalar bo‘yicha taqdimot shaklida mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mutaxassis o‘z chiqishida:
🔹 yerni sifatli tayyorlash;
🔹 sog‘lom ko‘chatlarni tanlash;
🔹 sug‘orishni to‘g‘ri tashkil etish;
🔹 o‘g‘itlardan samarali foydalanish;
🔹 ekinlarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish
masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
🤝 Seminar davomida ishtirokchilarga ekinlar salomatligini ta’minlash, zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda xavfsiz va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
📈 “100 xonadonga 100 issiqxona” loyihasi — tomorqalardan unumli foydalanish, oilalar daromadini oshirish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy tashabbuslardan biridir.
#Paxtakor #Bogishamol #Qoramirza #100Xonadonga100Issiqxona #FAO #Issiqxonachilik #Tomorqachilik #Agrotexnologiya #EkinlarSalomatligi









