Paxtakor tumani hokimi o‘rinbosari Durdona Djabbarovaning shaxsiy qabuli o‘tkazildi
2026-08-06 14:30:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumani hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Durdona Djabbarova tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy masalalar hamda xotin-qizlarni qiynayotgan boshqa muammolar yuzasidan murojaatlar tinglandi.
Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni qonuniy hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi.
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish ustuvor vazifa sifatida davom ettirilmoqda.



