PAXTAKOR TUMANI ICHKI ISHLAR BO‘LIMI BOSHLIGʻI AKABOYEV YOQUBJON NEʼMATOVICHNING TUMAN AHLIGA MUROJAATI
2026-08-05 11:00:00 / Yangiliklar

PAXTAKOR TUMANI ICHKI ISHLAR BO‘LIMI BOSHLIGʻI AKABOYEV YOQUBJON NEʼMATOVICHNING TUMAN AHLIGA MUROJAATI
Assalomu alaykum, Aziz yurtdoshlar!
Mamlakatimiz hududida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarni oldini olish, fuqarolarimizning haq-huquqlarini himoya qilish–har doim eng muhim vazifalardan biri hisoblangan.
Hurmatli yurtdoshlar!
Barchamizga ma’lumki, yo‘llarda har kuni yuzlab insonlar ishtirokida harakat amalga oshiriladi. Afsuski, ba’zi harakatlar faqat manzilga yetib borish emas, balki hayot uchun xavfli oqibatlar bilan tugayotganligini ko‘rishimiz mumkin.
Har birimiz qoidalarga amal qilsak, avtomobilni ehtiyotkorlik bilan boshqarsak, tezlikni cheklashga rioya qilsak, avtomashinani mast holda haydamasak, piyodalar sifatida belgilangan yo‘llardan o‘tsak – faqat o‘z hayotimizni emas, balki atrofimizdagi yaqinlarimizning hayotini ham asragan bo‘lamiz
