O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2026 YIL 8 IYUNDAGI PF-106-SON FARMONI HAQIDA
2026-07-29 10:00:00 / Yangiliklar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2026 YIL 8 IYUNDAGI PF-106-SON FARMONI HAQIDA
Sudlarda komplayens nazorat tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 8 iyundagi PF-106-son Farmoni qabul qilindi.
Ushbu farmonda sud apparati xodimlari orasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida, sud tizimining mavjud boshqaruv shtat birliklari doirasida sud apparati xodimlari orasida korrupsiyaning oldini olish, shu jumladan, manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash va tartibga solish uchun mas’ul bo‘lgan Komplayens nazorat xizmatini tashkil etish;
sud apparati xodimlari kasb mas’uliyatini yanada chuqur his etishlari maqsadida mansab darajasiga ega bo‘lgan sud apparati xodimlari uchun ixtisoslashgan xizmat kiyimini joriy etish.
sudyalar korpusiga nisbatan — Sudyalar oliy kengashining Sudyalar daxlsizligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha sud inspeksiyasi tomonidan;
sud apparati, shu jumladan, Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti xodimlariga nisbatan — Oliy sudning Komplayens nazorat xizmati tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
Komplayens nazorat xizmatining asosiy vazifalari etib, sud apparati faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
sud apparati xodimlari tomonidan kasb etikasi va qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini monitoring qilish, korrupsiya va sud tizimi obro‘siga putur yetkazuvchi boshqa holatlarning oldini olish;
sud apparatiga ishga qabul qilish jarayonlarida shaffoflik va xolislikni ta’minlash choralarini ko‘rish, shuningdek, belgilangan tartibda sud apparati lavozimlariga nomzodlarni korrupsiyaga qarshi tekshiruvdan o‘tkazish va xulosa berish;
sud apparati xodimlarida korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning bu boradagi bilim va ko‘nikmalari uzluksiz oshirib borilishini muvofiqlashtirish;
sud apparati xodimlari, ular oila a’zolarining (turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlari) daromadlari va mol-mulki, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini deklaratsiya qilish tizimlarini ishga tushirish hamda yuritish, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
xalqaro standartlar asosida korrupsiya holatlari haqida xabar bergan xodimlarni himoya qilish va rag‘batlantirish, pora taklif etish holatlari haqida xodim tomonidan xabar berish tizimi, shuningdek, fuqarolar uchun xavfsiz aloqa kanallarini joriy etish;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish belgilandi.
Komplayens nazorat xizmati rahbari Oliy sud raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda mehnatga haq to‘lash, moddiy ta’minot va ijtimoiy himoya shartlari bo‘yicha Oliy sud departament boshlig‘iga tenglashtiriladi;
komplayens nazorat bo‘yicha inspektorlar Oliy sud raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda mehnatga haq to‘lash, moddiy ta’minot va ijtimoiy himoya shartlari bo‘yicha Oliy sud bosh konsultantiga tenglashtiriladi;
komplayens nazorat bo‘yicha inspektorlar Harbiy sud, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida joylashtiriladi;
Komplayens nazorat xizmati lavozimlariga halol, pok va benuqson obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan oliy yuridik ma’lumotli, shuningdek, qoida tariqasida, sud-huquq sohasida kamida 5 yillik ish stajiga ega nomzodlar tayinlanadi;
Oliy sud raisiga Komplayens nazorat xizmati xodimlariga budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda qo‘shimcha ustamalar to‘lash huquqi beriladi;
Komplayens nazorat xizmati xodimlariga yuklatilgan vazifalar doirasida sud apparati xodimlarining odob-axloqi hamda xizmat vaqtida va xizmatdan tashqari holatlarda o‘zini tutishi, umume’tirof etilgan odob-axloq qoidalariga rioya etishi bilan bog‘liq masalalarda xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish vakolati beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2026 yil 1 sentabrga qadar sud apparati faoliyatida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi va sud apparatidagi korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxatini tasdiqlab, 2027 yil 1 martga qadar sud apparati xodimlarining korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi yuqori bo‘lgan vazifa va funksiyalarini raqamlashtirish, ularni amalga oshirishda inson omilini kamaytirish choralarini ko‘rish, uch oy muddatda sud apparati xodimlarini ishga qabul qilish va ularning mehnat faoliyati bilan bog‘liq cheklovlarni belgilovchi nizomni o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash belgilandi. Ushbu Nizomda quyidagilarga nisbatan cheklovlar nazarda tutilgan bo‘lib, unda muqaddam korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslarni ishga qabul qilish; notarius, advokat, sudya, huquqni muhofaza qiluvchi yoki boshqa davlat organi faoliyatida nojo‘ya xatti-harakatlari uchun lavozimdan bo‘shatilgan shaxslarni uch yil mobaynida ishga qabul qilish; pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishi; tadbirkorlik subyektini ta’sis etish, unda tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarish (bundan aksiyadorlik jamiyatlari erkin muomalada bo‘lgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno); o‘z xizmat vazifalarini siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini ko‘zlab bajarish; O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochish va ularga ega bo‘lish, ko‘chmas mulk va boshqa mol-mulkka egalik qilish belgilandi.
Bundan tashqari 2026 yil yakuniga qadar nomzodlarning shaxsiy va kasbiy fazilatlari, shu jumladan, ularning ma’naviy-axloqiy va halollik sifatlarini haqqoniy baholash imkonini beruvchi ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish tizimini joriy etish. Bunda malakali kadrlarni jalb etish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning zamonaviy usullaridan keng foydalanishni nazarda tutish; inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishda raqamli texnologiyalar, shu jumladan sun’iy intellektdan foydalangan holda vakant lavozimlarni e’lon qilish, nomzodlarni saralash, tanlash va ishga qabul qilish jarayonlarini raqamlashtirishga mo‘ljallangan «vacancy.sud.uz» portali hamda sud tizimida xodimlar bilan ishlash va kadrlar ma’murchiligining zamonaviy uslublarini joriy etishga qaratilgan «SudHR» elektron platformasini ishlab chiqish va ishga tushirish; zamonaviy usullardan foydalangan holda sud apparati xodimlarining kasbiy mahorati va kasb bilan bog‘liq chaqiriqlarga bardoshliligi, ahillik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, yangiliklarga moslashishiga qodir jamoani shakllantirish; sudlarga oliy yuridik ma’lumot va ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan kadrlarni jalb qilishda respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda Boshqaruv samaradorligi agentligi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ta’minlash belgilandi.
Mazkur Farmon aholining sud himoyasida bo‘lish kafolatlarini yanada kuchaytirish, sudlarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholashning professional tizimini joriy etish, shuningdek, sud tizimida 2026 yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha e’lon qilingan «favqulodda holat»dan kelib chiqadigan vazifalarning samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra sudlarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash, zamonaviy komplayens nazorat tizimini joriy etish orqali korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni barvaqt bartaraf etish;
- sud apparati xodimlarini ishga qabul qilish jarayonini shaffof tartib-taomillar va ochiq tanlovga asoslangan tarzda tashkil etish, ularning salohiyati, iqtidori, kasbiy sifatlari hamda alohida xizmatlarini odilona va haqqoniy baholash (meritokratiya) asosida kasbiy o‘stirish;
- sud tizimiga jamoatchilik ishonchini mustahkamlash va sudning nufuzi va obro‘sini oshirish, sud organlarini Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi islohotlarning ko‘makchisiga aylantirish maqsadida qabul qilindi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Paxtakor tuman sudi raisi T.Xakimov
Jizzax viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi E.Tojiboyev
