Paxtakorda yana bir zamonaviy uy foydalanishga topshirildi
2026-07-24 16:00:00 / Yangiliklar

🏗Paxtakor tumani Toshkent mahallasida "Sabina Biznes" firmasi tomonidan bunyod etilgan 5 qavatli, 20 xonadonga mo‘ljallangan zamonaviy ko‘p qavatli uy tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
🔑 Xonadonlar kalitlarini Paxtakor tumani hokimi X. Abduvoxidov o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
🏡 Ilgari barak tipidagi uylar joylashgan hududda qad rostlagan ushbu zamonaviy turar joy aholi uchun qulay va shinam yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.
✨ Bugungi kunda 81 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qilayotgan Paxtakor tumanida bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda. Ayni paytda tumanda yana 20 dan ortiq ko‘p qavatli uylar qurilishi olib borilmoqda.
#Paxtakor #YangiUylar #Bunyodkorlik #ToshkentMahallasi #Mustaqillik35 #Jizzax









